O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Birinchi guruh nogironlik



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə80/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Birinchi guruh nogironlik quyidagi hollarda belgilanadi:

  • o'ziga o'zi xizmat qilish, harakat qilish yoki o'z xulq-atvorini nazorat qilish (o'qish, muomala qilish, harakatlanish), shuningdek, mehnat faoliyatida qatnashish mumkin bo'lmagan, bu esa o'z navbatida boshqalarning doimiy parvarishiga, yordamiga yoki nazoratiga ehtiyoj sezishga olib keladigan, to'la ijtimoiy mosla-shuvchanlikni yo'qotish hollarida (tetraplegiya, og'ir tetraparez, og'ir surunkali psixozlar, inkurabel xatarli o'smalar);

  • harakat qilish, o'z o'ziga xizrnat, o'qish yoki muomala qilish, o'zini idora qilish, o'z xulq-atvorini nazorat etish, shuningdek, oddiy ishlab chiqarish sharoitida mehnat faoliyatida qatnashish ancha qiyinJashgani oqibatida, agarko'rsatilgan buzilishlardoimo o'zgalarning parvarishi, yordami yoki nazorati zamrligini taqozo etuvchi ancha yaqqol ko'rinib turgan ijtimoiy moslanuvchanlikni yo'qotish hollarida (oyoqlarning doimiy falaji, har ikki qo'Ining cho'ltoqligi, ya'ni har ikki panjadagi hamma barmoqlarning yo'q- -ligi, yuqoridan uchdan bir darajada har ikki sonning cho'ltoqligi, butunlay ko'rmaslik).

Ikkinchi guruh nogironlik quyidagi hollarda belgilanadi:

  • salomatligining holatiga ko'ra mehnat faoliyatida qatnasha olmaslik oqibatida ancha yaqqol ko'rinib turgan ijtimoiy mosla-shuvchanlikni yo'qotishda yoki mehnat faoliyati ta'sirida kasallik kechishining yomonlashishi, og'ir asoratlar paydo bo'lishi xavfi tug'ilganda, shuningdek, muomala qilish, o'zini idora qilish, o'qish, o'z xulq-atvorini nazorat qilishga yaqqol qiynalish, ammo o'zgalarning yordamiga, parvarishiga yoki nazoratiga ehtiyoj bo'hnaganda (yurakning klapan apparati shikastlanganligi yoki qon aylanishining II- va III-darajali doimiy buzilgandagi miokard, tez avj oluvchi, tez-tez krizislarga moyil ikkinchi bosqich giper-toniya kasalligi, o'pka tsirrozi, takroriy miokard infarkti, qisqa vaqt ichida takrorlangan insult, yaqin masofani ko'rolmaslik);

  • og'ir surunkali kasalliklar, tayanch-harakat a'zolarining o'zaro bog'liq nuqsonlari va ko'rish qobiliyatini ancha yo'qotish oqibatida yaqqol ko'rinib turgan ijtimoiy moslashuvchanlikni yo'qotganda, shuningdek, muomala qilish, o'zini idora qilish, o'qish, o'z xulq-avorini nazorat qilish hamda oddiy sharoitdagi

rnehnat faoliyatida qatnashish qiyin bo'Iganda, ammo o'zgalarning yordamiga, parvarishiga yoki nazoratiga ehtiyoj bo'lmaganda (ovqatlanishning kamayishi va qisqa muddatli remissiyalar ko'rinib tutgan yazva kasalligining og'ir shakli, zaharlanish, tez-tez zo'rayib turadigan bronxoektatik kasallik, tez-tez xuruj qiladigan tutqanoq kasalligi, qadam bosishni bir muncha buzib turadigan oyoq paraparezi).
Shunday qilib, aholi salomatligi ijtimoiy rivojlanishning integrallashgan ko'rsatkichi hisoblanib, uni baholashda aholi o'limi statistikasi va kasallanishlar to'g'risidagi ma'lumotlardan foy-dalaniladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. «Salomatiik» tushunchasiga ta'rif bering.

  2. Aholi salomatligiga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?

  3. Ijtimoiy salomatlik deganda nimani tushunasiz?

  4. Aholi salomatligini baholashda qanday axborot manbalaridan foydalaniladi?

  5. Aholi o'limi siatistikasini yiiritish tartibini tushuntirib bering.

  6. «Kasallanish» deganda nimani tushunasiz?

  7. Kasalliklarto'g'risida ma'lumotlarto'plashning asosiy manbalarini aytib bering.

  8. Salomatlik indeksi qanday aniqlanadi?




  1. Mehnatga qobiliyatini vaqtinchalik yo'qotishga olib boradigan kasalliklar to'g'risidagi ko'rsatkichlarni sanab bering.

  2. «Nogironlik» so'zi qanday ma'noni anglatadi?




  1. Shaxs kirn tomonidan nogiron deb topiladi?

  2. Nogironlikning ukkita guruhi o'rtasidagi farqlarni aytib bering.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin