Mehnatga qobiliyatini vaqtinchalik yo'qotishga olib keladigan kasalliklar. Bu kasallanishlar bemorlarga shifokor tomonidan beriladigan mehnatga yaroqsizlik varaqalariga qarab o'rganiladi va u aholining ishlaydigan qismiga taalluqli bo'ladi. Mehnatga yaroqsizlik varaqasi bir vaqtning o'zida xodimlaming sababli ishga chiqmasligini tasdiqlovchi statistik, huquqiy hamda vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligi uchun nafaqa to'lanadigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.
Mehnatga yaroqsizlik varaqalariga qarab xodimlaming orasida kasallanish hollari korxona va tashkilotlar bo'yicha ishlab chiqiladi. Keyinchalik kasallanish to'g'risidagi ma'lumotlarni viloyat kasaba uyushmalari qo'mitasi va respublika kasaba uyushmalari federa-tsiyasining statistika bo'limi jamlaydi, qayta ishlab chiqadi (hisobga oladi).
Mehnatga qobiliyatini vaqtincha yo'qotishga olib boradigan kasalliklar to'g'risida uchta asosiy ko'rsatkich mavjud:
1. Xodimlaming 100 tasiga to'g'ri keladigan mehnatga yaroq
sizlik holatlarining soni
Bu yerda: v — mehnatga yaroqsizlik hollari soni; A — xodimlar soni.
2. Xodimlaming 100 tasiga to'g'ri keladigan mehnatga
yaroqsizlik kunlar soni
Bu yerda: r\ — mehnatga yaroqsizlik kunlari soni; A - xodimlar soni.
3. Bitta mehnatga yaroqsizlik holatining o'rtacha muddati
Mehnatga qobiliyatini vaqtincha yo'qotishga sabab bo'lgan kasalliklami o'rganishda 100 xodimga to'g'ri keladigan o'rtacha
ko'rsatkichlarini hisobJab chiqishdan tashqari, bemorlar kontin-gentini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Xodimlarning ma'lum bir qismida mehnatga yaroqsizlik holatlari umuman bo'lmasligi amaliyotda ma'lum: ko'pchilik qismi yiliga 1-2 marta. ayrim xodimlar esa yiliga 5 marta va undan ortiq kasallanadi. Biroq, hammadan ko'p mehnatga yaroqsizlik holatlari va kunlari xodimlarning mana shunday tez-tcz va uzoq kasallanib turadigan ozginaqismigato'g'ri keladi.
Bemorlar kontingenti bo'yicha kasallanishni o'rganishda qo'ilaniladigan asosiy ko'rsatkichlar quyidagilardir:
1. Salomatlik indeksi (mehnat jamoasida yil bo'yi kasal
bo'lmagan xodimlar ulushini anglatadi).
Bu yerda: 8 — mazkur jamoada yil bo'yi kasal bo'lmagan xodimlar miqdori; A — xodimlar soni.
2. Bemor xodimlar ko'rsatkichi
Bunda p — joriy yilda mehnat qobiliyatini yo'qotgan xodimlar miqdori.