O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə77/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Yuqumli kasalliklar. Yuqumli kasalliklar aholi uchun xavf tug'diradi, chunki yuqumli kasalliklarni o'z vaqtida oldi olinmasa, ular tez tarqalib epidemiyaga aylanib ketishi mumkin. Shu muno-sabat bilan ularni nazorat qilish uchun har bir yuqumli kasallikni
o'z vaqtida qayd etib tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya stantsiyalariga shoshilinch xabar berish lozim.
Yuqumli kasalliklar aniqlanganda yoki ular to'g'risida guraon qilinganda shoshilinch xabar majburiy bo'lgan kasalliklar ro'yxati sog'liqni saqlash vaziriigi tomonidan belgilanadi va bu ro'yxat barcha tuman, shaharlar uchun majburiy hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Karantin kasalliklar (o'lat, vabo, qora chechak, sariq bezgak, qaytalanuvchi terlama).

  2. Sanitariya-epidemiologiya stantsiyalari bilan bir vaqtning o'zida maxsus ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muassasa-larida axborot to'planadigan kasalliklar (sil, zaxm, so'zak, traxoma, zamburug'li kasalliklar, moxov).

  3. Davolash-profilaktika muassasalari sanitariya-epidemiologiya stantsiyalariga faqat yig'ma ravishda axborot beradigan kasalliklar (gripp, yuqori nafas olish yo'li infektsiyalari).

  4. Har bir kasallik va kasal haqida maxsus axborot beriladigan kasalliklar (oshqozon tifi, paratif, ichburug', qizamiq, ko'kyo'tal, menengit, entsefalit, infektsion gepatit, skarlatina, qoqshol, quturish, toshmali tif, suvchechak, epidemik parotit va boshqalar).

Yuqoridagi kasalliklar guruhi bo'yicha mavjud qonunga asosan yuqumli kasallikni birinchi bo'lib aniqlagan yoki gumon qilgan har bir shifokor, o'rta tibbiyot xodimi sanitariya-epidemiologiya stantsiyasiga shoshilinch xabar yuborishi zarur.
Muqim noepidemik kasalliklar. O'tishi jihatidan og'ir, atrofdagi odamlarva kelajak avlod uchun xavf tug'dirishi jihatdan muhim bo'lgan noepidemik kasalliklar alohida hisobga olib boriladi. Bunday kasalliklar jumlasiga sil, yuqumli tanosil kasalliklar, zamburug'li kasalliklar, traxoma va xavfli o'smalar kiradi. Har qanday davolash-profilaktika muassasasining shifokorlari shunday kasalliklami aniqlaganda maxsus ixtisoslashtirilgan dispanserlarga tegishli hujjat-ni to'ldirish orqali axborot beradi. Joylardagi dispanserlar tashhisni aniqlagandan so'ng ularni ro'yxatga oladi va bemorni kuzatib boradi. Dispanserlarda kasallik tasdiqlangandan so'ng bemor haqi-dagi xabar tegishli viloyat dispanserlariga yuboriladi va u yerda ayrim kasalliklar bo'yicha 6 oyda, boshqa bir kasalliklar bo'yicha
1 yilda 1 marta hisobot tayyorlanadi. Ana shu hisobot ma'lumot-lariga asoslanib hududlar bo'yicha kasallanish ko'rsatkichlari har 100 000 kishiga nisbatan hisoblanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin