Muqimshifoxonadayotganlarkasallanishi. Muqim shifoxo-nadagi o'rinlar, mutaxassislar sonini aniqlashda va ayrim ixtisos-lashgan kasalxonalarni tashkil etishni rejalashtirishda muqim shifoxonada davolanganlar soni bilan bir qatorda ulaming kasallanish ko'rsatkichlari katta ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda shifoxonalardagi kasallanishlarni ro'yxatga olish va o'rganish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Har bir shifoxonaga yotqi-zilish holati kuzatuv birligi hisoblanadi. Bemor kasalxonadan chiqayotganda ulaming har biriga statistik katta to'ldiriladi. Muqim shifoxonada yotgan kasallanishlar ko'rsatkichi tuman, shahar, viloyat, respublika bo'yicha har 1000 aholiga hisoblanadi. Bundan tashqari, muqim shifoxonalardan olingan ma'lumotlarga asoslanib quyidagi qo'shimcha ko'rsatkichlarni aniqlash mumkin:
• tashhislar ko'pligi, ulaming kattaligi, tavsifi, asosiy kasalliklar, ularning asorati;
shifokor qo'ygan tashhisning sifati, ularni poliklinika tash-hislari va o'lim holatlari yuz berganda patalogoanatomik tashhislar bilan mos kelishi;
turli kasalliklar bo'yicha bemorlarni muqim shifoxonalarda davolash muddati;
muayyan kasalliklar bo'yicha o'z vaqtida kasalxonaga yot-qizilmaganligi va ularning son kattaligi;
muqim shifoxonada yotgan bemorlarning yosh, jins, kasb, klinik holatlar bo'yicha tarkibi;
turli davolash usullarining samaradorligi (jarrohlik, terapevtik, medikamentoz, fizioterapevtik davolashlar);
shifoxonada davolanishlarning oqibati (sog'ayish, qisman sog'ayish, yomonlashish, o'lim holatlari);
bir yil davomida muayyan bir kasallik bilan takror yotqizishlar soni.
Nogironlik.Nogironlik (lotincha invalidus — kuchsiz, quwat-siz) — kasalliklar bilan bog'liq bo'lgan jarohatlar yoki nuqsonlar oqibatida hayot faoliyatining cheklanishiga olib keluvchi va uning ijtimoiy himoyaga muhtojligini keltirib chiqaruvchi organizm funktsiyalarining barqaror bajarilishining'izdan chiqishi oqibatidagi inson salomatligining buzilishidir. Bunda hayot faoliyatining cheklanishi deganda, shaxs tomonidan imkoniyatlarining to'liq yoki qisman yo'qotilishi yoki o'z-o'ziga xizmat qilish, mustaqil harakatlanish, mo'ljal olish, muloqot qilish, o'z xulqini nazorat qilish, ta'lim olish va mehnat faoliyati bilan shug'ullanish imko-niyatlarini yo'qotilishi tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasining «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi qonuniga muvofiq organizm funktsiyalarini buzilishi darajasiga va hayot faoliyatining cheklanganligiga bog'liq holda nogironlar deb tan olingan shaxslarga nogironlik guruhi, 18 yoshgacha bo'lgan shaxslarga esa «nogiron-bola» toifasi belgilanadi.
Shaxsning nogiron deb tan olinishi tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Nogironlikni belgilash uchun hayot faoliyati cheklanganligining darajasi aniqlanishi kerak, ya'ni sog'liqning buzilishi oqibatida
inson faoliyatining me'yoridagidan chetga chiqishning kattaligi aniqlanadi.
Inson organizmi asosiy funktsiyaiarining buzilishi tasnifi quyidagicha amalga oshiriladi:
Psixik funktsiyalar buzilishi (muomala, e'tiborberish, xotira, fikr yuritish, muioqot, hissiyoilar, erkinlik).
Sensor funktsiyalarning buzilishi (ko'rish, eshitish, hid bilish, his qilish).
Statodinamik funktsiyaning buzilishi.
Qon aylanishi, nafas olish. ovqat hazm qilish, ajratish, moddalar va energiya almashinuvi, ichki sekretsiya funktsiyaiarining buzilishi.
Nogironlik bo'yicha o'rnatiladigan asosiy hayot faoliyati toifa-lari quyidagicha tasniflanadi:
O'z-o'ziga xizmat ko'rsata olish qobiliyati — mustaqil ra-vishda o'zining asosiy flziologik ehtiyojlarini qondira olishi, kun-dalik maishiy faoliyat bilan shug'ullana olishi va shaxsiy gigicna ko'nikmalarini amalga oshira olishi.
Mustaqil ravishda harakatlana olishi — makonda mustaqil ravishda harakatlana olishi, to'siqlardan o'ta olishi, bajarilayotgan maishiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyat doirasida tananing tik turishini saqlay olishi.
Ta'lim olish qobiliyati — olingan bilimlarni (umumta'lim, kasbiy va h.k.) anglay olishi va yetkazib bera olishi, ko'nikma hamda ijtimoiy, madaniy va maishiy bilimlarga ega bo'la olish qobiliyati.
Mehnatga qobiliyati — ishning mazmuniga, hajmiga va bajarish sharoitlariga mos ravishdagi talablarga muvofiq faoliyat ko'rsata olish qobiliyati.
Mo'ljal olish qobiliyati — vaqt va makonni anglay olish qobiliyati.
Muioqot qilish qobiliyati — ma'iumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va o'tkazish orqali odamlar orasida muioqot o'rnata olish qobiliyati.
O'z xulqini iiazorat qilish qobiliyati - ijtimoiy-huquqiy me'yorlarni inobatga olgan holda o'zini anglay olishi va o'zini tutish qobiliyati.
Inson organizmi funktsiyalarining barqaror buzilishini tavsiflab beruvchi turli sifat va miqdor ko'rsatkichlarni kompleks baholash quyidagi buzilishlaraing to'rtta darajasini ajratib ko'rsatishni nazarda tutadi:
1-daraja — funktsiyalarning ahamiyatsiz buzilishi;
2-daraja — funktsiyalarning o'rtacha (mo"tadil) buziiishi;
3-daraja — funktsiyalarning namoyon bo'lgan buzilishi;
4-daraja — funktsiyalarning ahamiyatli namoyon bo'lgan buzilishi.
Namoyon bo'lish darajalari bo'yicha hayot faoliyatini chek-lashlar uch darajaga bo'linadi. Masalan, mustaqil ravishda hara-katlana olish qobiliyatini cheklashlar quyidagicha tasniflanadi:
1-daraja — uzoq vaqt sarflab harakatlanishida, ishni qisman bajarilishi va masofani qisqarishida mustaqil harakatlanish qobiliyati;
2-daraja — yordamchi vositalardan foydalanib yoki boshqa shaxslar yordamida mustaqil harakatlana olish qobiliyati;
3-daraja — mustaqil harakatlana olmaslik va boshqa shaxslar yordamiga to'laligicha bog'liqlik.
Mehnat faoliyati qobiliyati bo'yicha cheklovlar quyidagicha tasniflanadi:
1-daraja — ishlab chiqarish faoliyati hajmining kamayishi yoki malakaning tushishi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajara olish qobiliyati, o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlarni bajara olmasligi;
2-daraja — yordamchi vositalardan foydalangan holda maxsus yaratilgan sharoitlarda yoki maxsus jihozlangan ish o'rnida, boshqa shaxslar yordamida mehnat faoliyatini amalga oshira olish qobiliyati;
3-daraja — mehnat faoliyatiga qobil emasligi.
Nogironlarga nisbatan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat ularning hayotda va jamiyat taraqqiyotida faol qatnashish imko-niyatlarini kengaytirishga, moddiy ahvollarini yaxshilashga qara-tilgan. Hayot faoliyatining buzilishi darajasiga qarab birinchi, ikkinchi nogironlik guruhi belgilanadi.
Birinchi guruh nogironlikni belgilash uchun kasalliklar, jaro-hatlar, tug'ma nuqsonlar oqibatida organizm hayot faoliyatining yaqqol ko'rinib turgan cheklanishlari asos bo'ladi.