9-bob. AHOLINING TAKROR BARPO BO'LISH QONUNIYATLARI 9.1. Aholining takror barpo bo'Iishi va uning turlari Aholining takror barpo bo'Iishi jamiyatning mavjudligini, aholi sonining o'sib borishini ta'minlovchi bioJogik jarayon bo'lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir.
«AhoIining takror barpo bo'lishi»deganda, aholining soni va tarkibini doimo tabiiy tarzda yangi avlodlar tomonidan keksa avlodlar o'rni toidirishi orqali yangilanishi tushuniladi.
«Aholining takror barpo bo'lishi» tushunchasining mohiyatini keng va tor ma'nolarda tushunish mumkin.
Keng ma'noda, «aholining takror barpo bo'lishi» tushunchasi o'z ichiga yoshi, jinsi, ijtimoiy guruhlari, millati, oilaviy holati, ta'lim darajasi, kasbiy tarkibi bo'yicha aholi tarkibining rivojlanishi va yangilashini qamrab oladi. Tor ma'noda, aholining takror barpo bo'Iishi — bu inson avlodining tug'ilish va o'lim natijasida yangi-lanishidir.
Shunday qilib, har bir insonning hayoti chegaralanganligiga qaramay aholi o'zining soni va tarkibini o'zgartirib yoki saqlagan holda mavjud bo'lishda davom etadi.
Aholi takror barpo bo'lishining quyidagi uch turi farqlanadi:
1.Toraygan takror barpo bo'Iish — bunda yashayotgan aholi
o'zining o'rnini to'ldiruvchilarni takror barpo qilmaydi. O'tayotgan
avlodlarning soni hayotga qadam qo'yayotgan avlodlarning sonidan
ortiq bo'ladi.
2. Oddiy takror barpo bo'Iish. Aholi takror barpo bo'
lishining mazkur turida hayotga qadam qo'yayotgan avlod bilan
keksa avlod soni teng bo'ladi va aholining statsionar turi vujudga
keladi.
3. Kengaygan takror barpo bo'Iish. Bu turda hayotga qadam
qo'yayotgan har bir avlod ketayotgan avlod soniga nisbatan ko'pligi
bilan tavsiflanadi. Aholida yosh-jinsiy tarkibining progressiv turi vujudga keladi, uning mutlaq soni esa osha boradi.
Toraygan, oddiy va kengaygan takror barpo bo'lishlarni ikki nuqtai nazar bo'yicha qarab chiqish mumkin:
kogortlar bo'yicha avlodiar almashinuvi, ya'ni muayyan bir yilda tug'ilgan, o'z hayotining mahsuldorlik davridagi erkak yoki ayolning ketayotgan kogorti o'zidan keyin o'miga qancha miqdor-dagi avlodni qoldirib ketayotganligi;
aholini ro'yxatdan o'tkazish davridagi zamondoshlarning ketayotgan har bir jamlanmasi avlodiar o'lim darajasini hisobga olgan holda o'zidan keyin hayotga qadam qo'yayotganlarning qancha miqdorini qoldirib ketayotganligi bo'yicha.
Shunday qilib, aholining takror barpo bo'lishi inson avlodining muntazam yangilanib turishi bo'lib, uning toraygan, oddiy va kengaygan turlari bir-biridan farq qiladi.