G L O S S A R I Y “YО‘L XARITASI”- biror-bir maqsadga oqilona yо‘l bilan erishishning puxta ishlab chiqilgan rejasi, qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni samarali amalga oshirish, kо‘zlangan rejalar, muddaolarni ruyobga chiqarishning eng maqbul mexanizmi.
ADABIY-MADANIY MEROS – о‘tmish moddiy-madaniy boyliklari, ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyoti, san’ati, me’morlik va hokazo namunalari.
AN’ANALAR – jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar о‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga о‘tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.
BAYRAM KUNLARI – muhim voqealarga bag‘ishlangan, an’ana sifatida nishonlanadigan, ish kuni hisoblanmaydigan kunlar.
EKSPOZITSIYA– badiiy asar, moddiy madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va boshqalarning kо‘rgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda ma’lum tizimda joylashtirilishi.
ELEKTRON HUKUMAT–boshqaruv jarayonlarini, ya’ni topshiriqlarni tez yetkazishdan tortib, qaror qabul qilish, uning samarali nazorat mexanizmigacha bо‘lgan ishlar, shuningdek, vertikal hamda gorizontal ta’sir omillarining optimallashuvini ifoda etadi.
GALEREYA – peshayvon, bostirma; binolarda yon devorlaridan biri о‘rniga ustunlar о‘rnatilgan usti yopiq, uzun, ensiz ayvonli qurilma; uzun balkon;yon devorlarining biri oynavand qilib qurilgan uzun zal.
ILM – muayyan bir soha bо‘yicha egallangan bilimlarning mantiqiy tartiblashtirilishi. Olingan bilimlarning tizimga solinishi va anglanishidir. Faqat anglangan va tizimga solingan bilimlarnigina boshqalarga о‘rgatish mumkin.
ISHONTIRISH -bir insonning boshqa inson , guruh yoki jamiyatga о‘z qarori, g‘oyalari bilan о‘tkazuvchi ta’siri va ularni о‘z ortidan yetaklay olishidir.Ishontirish omilining samaradorligi ilgari surilayotgan g‘oyaning nechog‘lik tо‘g‘riligi, haqqoniyligiga bog‘liq. Harakatlar strategiyasining harakatlantiruvchi kuchi ham uning tо‘g‘riligi, haqqoniyligi va xalq manfaatining ustuvorligida namoyon bо‘ladi.