8
foydalaniladigan tasvirlarni shakllantirish, grafik ma‟lumotlar bazasini boshqarish, grafikaviy
nimdasturlarni sozlash uchun vositalar odatda nazarda tutiladi.
Dialogli rejim grafik va (yoki) belgi (simvol)li informatsiyalarni kiritish, nazorat, redaktorlash,
qayta o„zgartirish va chiqarishni amalga oshiradigan dasturaviy-metodik komplekslar yordamida
amalga oshiriladi. Topshiriqlarni bajarilishini paket rejimida va uzoqdagi terminallarga natijalarni
chiqarishni aloqa kanallari orqali ta‟minlaydi. ALTda vazifasi umumiy bo„lgan dialogli DMKlar
bilan bir qatorda ixtisoslashgan DMKlardan ham foydalanish mumkin. Vazifasi umumiy bo„lgan
DMKlarni ALTni yaratish va ekspluatatsiya qilishning boshlang„ich bosqichlarida qo„llash
maqsadga muvofiq; bu DMKdan loyihalash metodologiyasini, ma‟lumotlar va amaliy dasturlarga
ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va tekshirish uchun foydalaniladi. Keyinchalik ALTda
dialogni tashkil qilish bo„yicha maxsus talablarni hisobga olgan holda DMKlarni modifikatsiyalash
mumkin. Bunda so„rovlarga dialogli yoki paketli rejimda ishlov berilishini; tizimning programmist
bo„lmagan foydalanuvchiga yo„nalishini; yuqori daraja tillardagi dialogli amaliy dasturlar kiritilishi
(qo„shilishi) yo„li bilan tizim kengaytirilishi mumkinligini; «menyu» va direktivalar yordamida
dialogni boshqarish imkonini hisobga olish zarur. AIJ ruknlari uchun umumtizimiy DMKlarning
tavsiya qilinadigan to„plami 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval.
Dostları ilə paylaş: