Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


ALTning dasturaviy ta’minoti (DT)



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

2.2. ALTning dasturaviy ta’minoti (DT) 
ALTning dasturaviy ta‟minoti avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun zarur bo„lgan 
hamma dasturlar va ekspluatatsion hujjatlaridan iborat. Dasturaviy ta‟minot umumtizimiy va maxsus 
(amaliy)larga bo„linadi. 
Umumtizimiy DT
texnikaviy vositalar funktsiyalarini tashkil qilish uchun, ya‟ni hisoblash 
jarayonini rejalashtirish va boshqarish, mavjud resurslarni taqsimlash uchun mo„ljallangan va EHM 
hamda hisoblash komplekslari (HK)ning operatsion tizimlari ko„rinishida namoyon bo„ladi. 
Umumtizimiy DT odatda ko„p ilovalar uchun yaratiladi va ALT spetsifikasini aks ettirmaydi. 
Maxsus (amaliy) DT
da loyihalash protseduralarini bevosita bajaradigan matematik ta‟minot 
realizatsiya qilinadi. Maxsus DT odatda amaliy dasturlar paketi (ADI) ko„rinishida bo„ladi; ulardan 
har biri loyihalash jarayonining ma‟lum bosqichini yohud turli bosqichlar ichidagi bir turdagi 
masalalar guruhini boshqaradi. 
ALTni tashkil qilish hamda uni yaratish va undan foydalanish samaradorligiga ta‟sir qiluvchi 
DTning printsipial xususiyatlari. EHM rivojlanishi va takomillashgani sari umumtizimiy DTning 
operatsiontizim (OT) kabi komponentining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zamonaviy hisoblash 
tizimi (HT)ning foydalanuvchilar ixtiyoriga berayotgan imkoniyati texnikaviy qurilmalarga nisbatan 
ko„proq operatsion tizimlar bilan aniqlanmoqda. OT EHMda turli masalalar yechilishini, 
ma‟lumotlarni uzatish kanallarini va tashqi qurilmalarni masalalar orasida dinamik taqsimlashni, 
masalalar oqimini rejalashtirishni va ularni belgilangan mezonlarni hisobga olgan holda 
yechilishining ketma-ketligini, hisoblash kompleksi xotirasini dinamik taqsimlashni bir vaqtning 
o„zida tashkil qiladi. Lekin OT o„z faoliyati uchun ma‟lum resurslarni: protsessor, tashqi va asosiy 
xotiralarni talab qiladi. OTning imkoniyati qanchalik ko„p bo„lsa, unga shunchalik ko„p resurslar 
talab qilinadi. 
Bazaviy DT
umumtizimiy DT ning ahamiyatli komponentidir. 
ALT dasturaviy ta‟minoti yaratilayotganda bazaviy DT ishlab chiqiladigan ob‟yektlar qatoriga 
kirmaydi. Geometrik va grafik informatsiyalarga ishlov berish, ma‟lumotlar bazasini shakllantirish 
va undan foydalanish uchun mo„ljallangan bazaviy DT bunga misol bo„la oladi. Quruvchining 
avtomatlashtirilgan ishchi joyi (QAIJ) mashina grafikasining bazaviy DT yaratildi va tasdiqlandi. 
Uning asosini grafik kiritish-chiqarish amaliy dasturlar paketi tashkil qiladi; bu paket amaliy dastur 
bilan va grafikaviy qurilmalar to„plami orasida funktsional interfeysni qurilmalar drayveri va 
grafikaviy drayverlar yordamida ta‟minlaydi. Uning asosida ishlab chiqilgan grafikaviy 
hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi esa maxsuslashgan dasturaviy ta‟minot tarkibiga kiradi. 
Grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi translyatsiya qilish, vizuallashtirish, chizmalar 
namunaviy elementlari (ChNE) bayonini saqlash uchun alohida masalalar to„plami hamda amaliy 
dasturlar paketi (ADP)ni yaratish uchun modullar kutubxonasi, kutubxonadan (ChNE) bayonlarini 
tanlab olish va ularning tasvirini olish to„plamlaridan iborat.
Standartlashtirilgan loyihalash protseduralarini amalga oshiradigan, tarkibiga shunday bazaviy 
DT kiritilgan APJlaridan foydalanish ALT dasturaviy ta‟minotini yaratish mehnatini sezilarli 
darajada yengillatadi. Lekin hamma hollarda ham ALTni yaratuvchilar amaliy DTni ishlab 
chiqishlari lozim bo„ladi. Hisoblash texnikasi qo„llaniladigan soha kengayib borishi va loyihalash 
jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari murakkablashib borishi bilan dasturlashning murakkabligi 
mehnati ortib boradi. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin