51
III.2. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati obektlarini shakllantirish
klassifikatsiyasi
Bilim olish kriteriyalariga ko‗ra hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati
obektlarini shakllantirishning individual darajasida birinchi yaqinlashuvda
quyidagi kategoriyalarga bо‗lish mumkin:
- bilim olishdan asosiy maqsadi o‗zini ishlab chiqarishda, uyda shaxsiy
xavfsizligini, o‗z yaqinlari xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha
nazariy va amaliy
bilimlarni singdiruvchilar;
- bilim olishdan asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlarda, harbiy
harakatlarning xavfli ta‘sirini oldini olish va muxofazalash
borasida bilim va
ko‗nikmalarni
shakllantirish
va
o‗tkazish
bo‗yicha
chora-tadbirlarni
o‗tkazuvchilar.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy sinflar va guruhlarda bir-biriga qarama-qarshi
tushunchalar ko‗pligiga qaramay, insonlarning o‗rni va roli jamoaviy ishlab
chiqarish tizimida asosiy aniqlovchi xossa hisoblanadi.
Ushbu tavsiflar
asosiy faoliyat turini, jamg‗arish va foyda kо‗rish,
bilim olish va boshqa darajalarni aniqlaydi.
Hozirgi vaqtda olib borilgan izlanishlarning natijalarida keltirilgan
klassifikatsiyalardan foydalanish yetarli hisoblanadi. Unga ko‗ra quyidagi
sinflarni ajratish mumkin:
- oliy sinf –katta mablag‗
oluvchi yirik tadbirkorlar, direktorlik korpusi,
ijodkorlar, yuqori pog‗onadagi davlat arboblari;
- yuqori o‗rta sinf – o‗rta va past pog‗onadagi davlat arboblari, o‗rta va
kichik
tadbirkorlar, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot
obektlaridagi injener-texnik tarkib, yuqori malakali ishchilar;
- past o‗rta sinf – ilmiy xodimlar, o‗qituvchilar, kichik xodimlar, o‗rtacha
malakaga ega;
- past sinf – malakasiz ishchilar, nafaqaga yashovchi aholi va h.k.
Ahloqiy kriteriylar bo‗yicha shartli ravishda hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyati obektlarini shakllantirish quyidagi kategoriyali odamlarga taalluqli:
52
- turg‗un ahloqiy negizli (katta yoshdagi avlod);
- shakllanayotgan ahloqiy negizli (bolalik,
yoshlik guruhiga tushuvchi
avlod lar).
Davlat qonunlari odatda yashash uchun muhim ahloq meyorlarini
muxofazalashga yo‗naltirilganligini e‘tiborga olinsa, zarurat tug‗ilganda
qonunbuzar, ijtimoiy xavfli insonlar kategoriyasini ham ko‗rib chiqish kerak
bо‗ladi.
Rasm 15. Shaxsiy himoya vositalari
Insonning jismoniy xolatini kriteriyalari quyidagi kategoriyalarga ajratish
imkon beradi:
- jismoniy rivojlanish davridagi insonlar (yosh avlod);
- balog‗at yoshidagi insonlar;
- nafaqa yoshidagi insonlar.
Ikkita oldingi kategoriyalar qo‗shimcha yana sog‗lig‗i normal, past
darajada va nogiron odamlarga bo‗linadi.
Etnografik muammolarni hal qilishda sezilarli qiyinchiliklar mavjudligi
e‘tiborga olinib, birinchi yaqinlashuvda etnik kriteriylar bo‗yicha o‗rnatiladigan
kategoriyalar sifatida quyidagilarni ta‘kidlash mumkin:
- xristianlik diniga mansub
etnoslar;
- islom diniga mansub etnoslar;
- buddaga diniga mansub etnoslar;
- otashparastlik va boshqa dinlarga mansub etnoslar.
Ko‗rsatilgan kategoriyalarning ichida ularning tillari, geografik, tarixiy-
53
madaniy va boshqa hususiyatlar bo‗yicha etnoslar, katta va kichik xalqlarni
differensiatsiyalash amalga oshirilishi mumkin.
Yashash joylariga qarab hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati obektlarini
shakllantirish individual darajada quyidagicha kategoriyalanadi:
- asosan qishloqlarda yashovchi insonlar;
- asosan shaharlarda yashovchi insonlar;
- asosan qishloqlarda va shaharlarda yashovchi insonlar (bunda
qishloqda
yashab, shaharda ishlovchilar ko‗zda tutilgan).
Aholini keng-ko‗lamli yo‗qotishlar va moddiy zarar ko‗rishlar havfi
mavjudligi bo‗yicha hayot faoliyati xavfsizligi madaniyat obektlarini
shakllantirish korporativ darajada ikki kategoriyaga kiritish mumkin – potensial
xavfli obektlar (PXO) va boshqa obektlar. O‗z navbatida (PXO)
Dostları ilə paylaş: