“hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati” (HFXM)- insonni
ijtimoiy uyushmasining xolati bo„lib, hayot faoliyati jarayonida ma‟lum
darajada uning xavfsizligini ta‟minlovchisidir.
Madaniyatni shakllantirish deganda shunday jarayon tushuniladiki, uning
40
tashkil etuvchilari bo‗lib, maqsad va vazifalarni o‗rnatish va to‗g‗rilash,
HFXMning asosiy usul va yo‗nalishlarini shakllantirish, HFXMning meyoriy
huquqiy va o‗quv-uslubiy asoslarini ishlab chiqish, madaniy- informatsion
ta‘sirning samarali uslublarini uchratish va takomillashtirish va b. tushuniladi.
FXMning uslubiy asoslarini ishlab chiqish uchun hayot faoliyati havfsizligi
madaniyatini shakllantirish va ularni tashuvchilari bo‗lishi kerak bo‗lgan
obektlarni tanlab, ular HFXMning tashuvchilari bo‗lishi kerak, hamda xoxlagan
sifat va xossalarga erishish maqsadida ushbu obektlarga ta‘sir etish usullari
aniqlanadi.
HFXMning
boshlang‗ich
darajasini
shakllantirish
obekti
sifatida
sotsiumdagi shaxsga rivojlanish jarayonida va hayot faoliyatini borishida yuzaga
chiqadigan sifatlarni yig‗indisi shaklida qarash maqsadga muvofiqligi
muqarrardir.
Shuni ta‘kidlash lozimki, bu sifatlarning asosiy bo‗g‗ini hisoblangan oila
jamiyat ning faqat hayot faoliyati jarayonidagina yuzaga chiqadi. Shuning
uchun individual daraja to‗g‗risida gapirilganda nafaqat yakka odam, balki
uning oilaviy ahvoli, atrofdagilari, oilaviy sharoiti nazarda tutiladi. Inson asosiy
vaqtini xuddi shu sharoitda o‗tkazadi.
Har kuni yashash tarzida va havflar ta‘sir qilganda insonlarning sifatini
namoyon bo‗lishi xavflarni va favqulodda vaziyatlarni rivojlanishiga yo‗l
qo‗ymaslik, ularning oqibatlarini minimallashtirish nuqtai nazaridan hal
qiluvchi faktorlar hisoblanadi. Bundan tashqari, so‗zsiz fakt bo‗lib, insonlar
kollektivi, ijtimoiy guruh va butun jamiyat ning xavfsiz hatti-harakatlarini asosiy
alomati uning tarkibi bo‗lgan odamlarning xususiyatlari va sifatiga kerakli
darajada bog‗liqdir.
Inson o‗zini sifatlari va xususiyatlari, professional potensiali, ma‘lum
kollektiv bilan munosabatlari yanada to‗laqonli amalga oshiradigan joyi bo‗lib
ishlab chiqarish muhiti hisoblanadi. Statistika ko‗rsatadiki, aynan ishlab
chiqarish muhiti katta miqdordagi masshtabli tazyiq va xavflarg manbai
hisoblanadi. Shunda ilgari haqli deb topilgan va hozirda dolzarbligi ta‘kidlagan
41
―ishchilarning tashqi moslashuvi va ichki integratsiyasining muammolarini
yechishning yo‗llari va qoidalari‖ ishlab chiqildi, ular korporativ madaniyatni
tashkil etdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va boshqaruv tizimi bilan birgalikda
korporativ madaniyat korxona, tashkilot, muassasalarning samarali faoliyat
ko‗rsatishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi asosiy faktor hisoblanadi. Shuning uchun
xavfsizlik korxona, tashkilot, muassasalarning samarali faoliyat ko‗rsatishida
zaruriy tarkibidan biri bo‗lganligi uchun, turgan gapki korporativ madaniyat
tizimining muhim elementlaridan biri HFXM bo‗lishi kerak.
Bundan tashqari, faqatgina mehnat kollektivida, ishlab chiqarishda, odamlar
professional faoliyat ko‗rsatish joylarida sezilarli vaqtini o‗tkazadi.
Shuning uchun HFXMning yuqori darajada shakllanishini obekti
sifatida mehnat kollektivlarini (korporatsiyalarni) ko‗rish zarurdir. Va nihoyat,
ijtimoiy va davlat qadriyatlari, birlamchilik huquqi (ya‘ni jamiyat ning
ko‗pchilik a‘zosini fikricha ko‗proq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan shaxsiy va
jamoa
farovonligi
nuqtai
nazaridan,
stabil
kun
kechirish,
ijtimoiy
munosabatlarni uzoq muddatli rivojlanishi va mukammallashishi, davlatning
ichki va tashqi siyosati kabilar) shubhasiz hayot faoliyati xavfsizligini
ta‘minlashning asosiy tizimli tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Shunday qilib, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllanishining
asosiy darajasi bo‗lib, individual, korporativ va jamoaviy davlat tuzumi
hisoblanadi. Bunda ko‗rsatilgan darajada hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyatini shakllanishi bizning fikrimizcha, absolyut xavfsizlikning qotib
qolgan ideal xolati bo‗lib qolmasligi kerak. Takomillashtirish chegarasi
bo‗lmaganligi sababli buni amalga oshirib bo‗lmaydi. Agar bu xolatga
taxminan erishish imkoni bo‗lsa ham, ko‗zda tutilmagan yangi xavf-xatarlar
va tazyiqlar yuzaga kelib, xavfsizligi kam bo‗lgan yangi xolat yuzaga kelishi
mumkin.
Shuning uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllanishining
asosiy maqsadi insonlar, mehnat kollektivlari, butun jamiyat ning shunday
42
xolatiga erishishi kuzatiladiki, unda hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash
asosiy ichki ehtiyoji bo‗ladi va ushbu ehtiyojlarni qoniqtirish uchun zaruriy
shart-sharoitlar mavjud bo‗ladi.
Bularni tarbiyachiik bilimlar
taqqoslash
maqsadi bo‗lib,
oliy
mutaxassislik ta‘limi doirasida – bilim va ko‗nikmalar jamlanmasinigina berish
emas, balki o‗qishni o‗qitish kerakdir. Bu maqsadlarga erishish uchun HFXM ni
shakllantirishda quyidagi masalalarini yechish kerak bo‗ladi:
- HFXMni obektlarini shunday sifat va xolatlarini rivojlantirish kerakki,
unda hayot faoliyati xavfsizligini ichki maqsadli o‗rnatishni shakllantirishga
imkonini bersin. Bu shaxsiy va jamoat ideallari va qadriyatlari, sabablarga ko‗ra
harakatlaridir;
- xavfsiz kun kechirish to‗g‗risidagi bilimlarga muhabbat tug‗dirmoq,
atrofdagi dunyo, sotsium bilan hamjixatlikda rivojlanish;
- hayot faoliyati xavfsizligi soxasida turg‗un individual va ijtimoiy, ahloqiy
xossalari bo‗lgan an‘analar, ahloq meyorlarini shakllantirish;
- alohida olingan odamlar, ularning kollektivlari va birlashmalari uchun
HFXM ni shakllantirish borasida sharoit yaratish. Ushbu masalani hal qilish
uchun birinchi navbatda HFXM ni shakllantirishda huquqiy, meyoriy, qonuniy
va o‗quv- dasturiy asosini yaratish kerak.
Hozirgi paytda bunday boshlang‗ich asos yaratilgan. U respublika
miqyosidagi qonunlar, O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasini meyoriy huquqiy aktlari, FVV va boshqa muassasalarning hayot
faoliyati xavfsizligi soxasidagi meyoriy huquqiy aktlari, FM borasidagi
ma‘lumotlar, meyoriy- uslubiy materiallar, ularni oldini olish va bartaraf etish,
yong‗in xavfsizligi va suv havzalarida insonlar havfsizligini ta‘minlash,
tavakkalni kamaytirishga qaratilgan ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.
HFXM ni shakllantirishning o‗quv-uslubiy asosi o‗z ichiga davlat o‗quv
standartlari, asosiy fanlar, hayot faoliyati xavfsizligi asoslari, hayot faoliyati
xavfsizligi fanlari, hamda hayot faoliyati xavfsizligi sohasida bilim olayotgan
turli aholi guruhlari uchun taxminiy o‗quv rejalarini oladi.
43
Bu hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga qo‗yiladigan
maqsad va vazifalarini bajarish uchun boshlang‗ich asos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |