22
II. bob. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning umumiy tavsifi
II.1.
H
ayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning tarixiy, falsafiy,
ijtimoiy, diniy manbai
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM) tushunchasi yangi
bo‗lishiga qaramay, uning o‗zini tarixidan avvalgi davri mavjud. Bu
ko‗rilayotgan kategoriyaning oyoqqa turishiga va rivojlanishiga o‗ziga yaqin
fanlarga xos ko‗rinishlar, dunyoqarashning ta‘siri sezilarli darajada ahamiyatga
egadir.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning manbaini tavsiflash
uchun
tarixan
transformatsiyalangan
―xavf‖, ―tazyiq‖, ―xavfsizlik‖
tushunchalariga insoniyat tarixi davomida ma‘no beruvchi konsepsiyalarini
tashxizlash maqsadga muvofiqdir.
Buni turli tarixiy davrlarda yashagan odamlarning ongida falokatlar,
ularning oqibatlarini alohida xususiyatlarini tafsiflash orqali amalga oshirish
mumkin. Birinchisi ommaviy qo‗rquv va xavotirlarning jamlanmasini, hamda
ularni yengib o‗tishning chora-tadbirlarini o‗z ichiga olsa, ikkinchisi tabiiy
muhitning o‗zgarmas elementi sifatida bo‗lgan insonning dunyoqarashi, o‗zaro
uzilmas va tig‗iz aloqani tushunishi, tabiiy muxofazalash harakatlarini o‗tkazish
zaruriyatini anglash darajasidir. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati
(HFXM)ning tushunchasini vujudga kelishiga va sezilarli ta‘sir etishiga
xavfsizlik, shu bilan birga atrof-muhit muammosini aks ettiruvchi turli falsafiy
va ijtimoiy ta‘limotlari, nazariyalar, konsepsiyalar sabab bo‗ldi.
Nihoyat, sivilizatsiya, etnoslar, xalqlar, alohida odamlar, ilm, madaniyat,
turli inson faoliyati soxalarining rivojlanishiga, turli jamoat formatsiyalarining
ijtimoiy tuzilishiga va funksiyalariga sezilarli faktorlardan biri - diniy
dunyoqarashdir. Shu sababli, dunyo dinlarining mavqe‘i, aqidasi, me‘yorlari va
odatlari hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash muammolari bilan jipslikda olib
borish alohida qiziqish yuzaga keltiradi.
6
Qadimiy dunyo uchun ―falokatli anglash‖ni shakllantirishga ta‘sir etuvchi
6
Дурнев Р.А. Культура безопасности – культура разума и просвещения. Журнал «Основы безопасности жизни», вып. 5, 2006.
23
asosiy faktori bo‗lib, atrofda ro‗y berayotgan tabiiy va antropogen hodisalar (yil
faslining o‗zgarishi, insonlarning tug‗ilishi va vafoti, davlatlarning gurkirashi va
vayron bo‗lishi)ning davriyligi va bu anglashni tashqi dunyoga (tabiiy ofatlar,
dushmanlarni bostirib kelishi va x.k.) yo‗naltirishlari hisoblangan.
Qadimgi odamlarning o‗ziga, yaqinlariga, oilasiga, qabilasiga, davlatiga
nisbatan havfsizlik xolatini baholash uchun ishlab chiqilgan tushuntirish
chizmalari, ya‘ni avvaldan xis etish va oldini olish funksiyasiga ham ega
bo‗lgan. Bu chizmalar asosan falokatlar va ofatlarning sababidan qochish bo‗lsa,
eng kam darajadagina – bunday jarayonlarni va hodisalarning vayron qiluvchi
ta‘sirini yumshatish chora-tadbirlarini qo‗llash bo‗lgan. Agar, ro‗y bergan yoki
berishi mumkin bo‗lgan falokat sababchisi ―xudoning qahri‖ deb tan olinsa,
bunda aqlli strategiyasi sifatida xudoni qahriga uchramaslikka harakat qilingan.
Insonlarning dunyoqarashini o‗zgarishiga shu davrda o‗zini tabiatga
bog‗liqligini, u bilan o‗zaro aloqada ekanligini his qilish muhim rol o‗ynagan.
Bular afsonalarda, miflarda o‗z aksini topgan. Haqiqatni bilish vositalari va
usullari mukammal bo‗lmaganligidan odamlarni fikricha, mavjud dunyo bilan
insonlar o‗rtasida vositachi sifatida maxsus, tushunib bo‗lmaydigan, kelajakni
bashoratlaydigan g‗ayritabiiy kuchlar dunyoni yaratishi turtki bo‗ldi. Aslini
olganda, g‗ayritabiiy kuchlar o‗zini bevosita tashuvchi o‗simliklar, hayvonlar,
jonsiz predmetlardan bilan birga, insonlar xarakterini bilish, o‗zini tuta olish
xususiyatlariga ham ega edilar. Bularning barchasi qadimgi dunyo odamlarining
atrofdagi tabiat bilan qondoshlarcha kechinmalarini asoslar edi. Tabiatni bilish
jarayonini ilmiy asosga qo‗yishning ilk harakatlarini tartibga solish Misr, Xitoy,
Osiyo davlatlari, Arabistonning erta sivilizatsiyasi davriga to‗g‗ri keladi. Turli
tabiiy jarayonlarining kechishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ilishi bir
tomondan sanoq tizimini rivojlanishiga va mukammalashiga, ikkinchi tomondan
u yoki bu tabiiy kataklizmalarni (quyosh, oy tutilishi, vulqonni otilishi, suv
toshqinlari, qurg‗oqchilik va b) bostirib kelishini yuqori aniqlikda aytib berish,
qishloq xo‗jaligining jarayonini rejali asosga qo‗yish imkonini berdi.
Bunday hodisalardan yolg‗iz xabardor bo‗lgan xukmdorlar, odamlarni
24
o‗ziga bo‗ysundirish xolatida ushlab turishga, tabiatning tushuntirib
bo‗lmaydigan, bexabar kuchlarini ―boshqarish‖ imkonini bergan.
Ulug‗ Sharq olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ning merosi bilan
faqat Sharq, jumladan O‗rta Osiyo olimlargina emas, balki Yer yuzini juda ko‗p
mamlakatlari olimlari shug‗ulanadi. Bizning diyorimiz farzandi Abu Rayhon
Beruniy o‗z madaniy va ilmiy merosining jahonshumul ahamiyati bilan o‗zbek
elining yoxud O‗rta Osiyo ellarininggina emas, balki jahon xalqlarining butun
Yer yuzining manaviy boyligiga aylandi. O‗rta asr Sharq olimlari ichida Abu
Rayhon Beruniyning ilmiy merosi alohida o‗rin tutadi. U tarixchi, lingvist,
astronom faylasuf sifatida talay ilmiy meros qoldirgan allomadir. Uning
geografiya, mineralogiya va farmakalogiya bo‗yicha qoldirgan merosi bu fanlar
tarkibidan ajib bir durdona sifatida o‗rin oldi. Olimning matematika va
astronomiya sohasidagi ishlari esa jahon tabiatshunosligining rivojiga ulkan
hissa bo‗lib qo‗shiladi. Bu davrda Beruniy metallar va qimatbaho minerallar
bilan bog‗liq talay qiziqarli ilmiy tajribalarni amalga oshiradi. Uning bu
tajribalari natijalari olimning solishtirma ogirliklar haqidagi "Metallar va
qimmatbaho ma‘danlarning hajmlari bo‗yicha nisbatlar haqida kitob" risolasidan
o‗rin olgan. Shuningdek, bu davrda Beruniy qator astronomik kuzatishlarni,
jumladan, Urganchda ekliptikaning osmon ekvatoriga og‗maligini o‗lchashga
doir talay kuzatish ishlarini bajaradi. 1016 yili bizgacha yetib kelmagan
«Quyosh harakatini aniqlash usuliga doir ko‗rsatma» degan risolasini yozdi.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‗rta asr sharoitida dunyo
madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri —
Abu Ali ibn Sino (980-1037) bo‗lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan
mashhurdir. Ibn Sino iste‘dodli, xotirasi kuchli, zehri o‗tkir bo‗lganligidan o‗z
davrida ma‘lum bo‗lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qu‘oni
karimni boshdan-oyoq yod o‗qir edi. 13 yoshlaridan boshlang‗ich matematika,
mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‗ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh
bo‗lishiga qaramay, Abu Abdulloh Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh
al-qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‗rganadi, asta-sekin tabiblik bilan
25
ham shug‗ullanadi. U o‗zidan avval o‗tgan Sharq mutafakkirlar asarlarini chuqur
o‗rganish bilan birga, Qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan
Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriy asarlarini ham
qunt bilan o‗rgandi. Real hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shug‗ullanish
insongagina xosdir. Ibn Sino «Risolatun fi taqsim al-mavjudot» asaida butun
borliqni tarkibiy qismlarga bo‗lib, birma-bir sanaydi va ularga ta‘rif berib o‗tadi.
Vujudi vojib, vujudi mumkin, substansiya, aksidensiya, materiya, shakl, aql,
unsur, jism, quvvat, sezish, mineral, hayvon, nutq, lison kabi kategoriyalar bu
risolada qisqacha ta‘riflanadi.
Atrofdagi tabiiy haqqoniyatni ilmiy rivojlanish taraqqiyoti (eradan avvalgi
VIII asr – V asr) antik davrga to‗g‗ri keldi. Shundan boshlab, tabiatga ko‗r-
ko‗rona bo‗ysunishdan voz kechish boshlandi. Bu xolat uni o‗rganishning
bevosita moddiy foyda ko‗rishga mo‗ljallanmagan yangi yo‗nalishlarini paydo
bo‗lishida aks etdi. Birinchi o‗ringa insonlarni qarama-qarshisiz dunyoni qayta
yaratishga intilishi va o‗z o‗rnini his etish qo‗yildi. Qadimiy mutafakkirlar
aqlini egallagan asosiy muammolardan biri, insonlarni tabiat bilan o‗zaro
munosabatlarining muammolaridir. Qadimiy grek tarixchisi Gerodot (484–425
e.a y) insonlarning xarakterini shakllanishi va u yoki bu siyosiy tuzumni
o‗rnatilish jarayoni tabiiy faktorlarning (ob-havoni o‗zgarishi, yer tuzulishining
xususiyatlari va x.k ) ta‘siri bilan bog‗langan. Qadimiy grek tabibi Gippokrat
(460–377 yy) kasalni davolashda organizmni individual xususiyati, tabiat bilan
o‗zaro munosabati e‘tiborga olinib, davolash kerakligini uqtirgan edi. Uning
fikricha, tashqi muxitning faktorlari (ob-havoni o‗zgarishi, suv va yer
tuzulishining xususiyatlari, davlat qonunlari va x.k ) insonlarning tanasi va
ruxiy xossalarining shakllanishiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Iqlim
Gippokratning fikricha, asosan milliy xarakterning xususiyatlariga ta‘sir
ko‗rsatadi.
XI asrning mashhur shoiri, faylasufi, matematigi va astronomi Umar
Xayyom (1048-1124) dunyoga mashxur ruboyilar muallifi olim sifatida
astronomiya sohasidagi faoliyati diqqatga sazovor bo‗lib, u mazkur sohadagi
26
yutuqlarni Marv va Isfaxon rasadxonalarida ishlab yurgan paytlarida qo‗lga
kiritdi. Olim o‗z astronomik kuzatishlari asosida "Malikshohning astronomik
jadvallari" ("Malikshoh ziji") ni yozdi. "Malikshoh ziji"ning bir nusxasi Parij
Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Bu "ziji" da Quyosh, Oy va boshqa
sayyoralarning harakatiga hamda ularga tegishli ma‘lumotlaridan tashqari, yana
yuzga
yaqin
ravshan
yulduzlarning
koordinatalari
keltirilgan.
Sharq allomalarini ichida qadimgi Xitoy faylaso‗fi Konfusiy aloxida o‗rin
tutadi. Faylaso‗f ilmini asosiy shavqi odamlar oqimini ta‘na qilishdan, jamiyat
va davlatning ideal (shu jumladan xavfsiz) parametrlarini izlashdan iborat
bo‗lgan. Uning fikricha, sotsiumni ratsional tuzilmasining asosi bo‗lib, quyidagi
ahloqiy kategoriyalar va boyliklar bo‗lishi kerak: boshqalarni xuddi o‗zini
hurmat qilgandek hurmat qilishi uchun ishlash kerak, bizlarga qanday muomala
qilishlarini xoxlasak, ularga shunday muomala qilish kerak – ana shu hayotning
to‗g‗ri yo‗li, haqiqiy ahloqi hisoblanadi. Bu kategoriyalar va boyliklar o‗z
navbatida jamiyat va davlatda hamohanglik topishda umumiy ahloqiy
marosimlarga birlashadi. ―Qachonki istaklar toza va sevgi bilan sug‗orilgan
bo‗lsa, yuragimiz haqqoniy va to‗g‗ri bo‗ladi. Qachonki yuragimiz haqqoniy va
to‗g‗ri bo‗lsagina, odam to‗g‗rilanadi va yaxshi bo‗la boshlaydi. Qachonki ,
odam to‗g‗rilansa va yaxshi bo‗la boshlasa, oilada tartib o‗rnatiladi. Qachonki
oilada tartib o‗rnatilsa, unda davlat obodonlashadi. Qachonki davlat
obodonlashsa, butun bashariyatda tinchlik va totuvlik bo‗ladi‖.
Konfusiy kerakli darajada tabiat bilan o‗zaro munosabatlarni qayta ishlab
chiqqan. Uning aytishicha, insoniyat uzoq vaqt mavjud bo‗lishi uchun tiriq
mavjudodlarga, tabiatga, tabiiy boyliklarga jamiyat ratsional munosabatda
bo‗lishi kerak. O‗sha davrdayoq insoniyatni tabiiy boyliklardan xaddan ziyod
foydalanishdan chegaralanishga ogohlantirgan.
O‗rta asrdagi insonlarning ―falokatli ongi‖ni shakllantiruvchi umrining
qisqaligi (ko‗p miqdorda epidemiyalar, bolalar o‗limining kattaligi, qaxatchilik,
ocharchilik, qonto‗kar urushlar oqibatida), o‗sha davridagi diniy aqidaparastlik
(qiyomat qoyim yaqinligi,) asosiy faktorlar bo‗lib hisoblangan. O‗sha davr
27
mobaynida ekologik nazariya deyarli rivojlanmadi. Jamiyat bilan tabiatdagi
o‗zaro munosabat yolg‗iz Quryoni Karim va Injil tomonidan talqin qilinib, unda
xudo barcha yerlarni undagi mavjudotlar bilan birga odamlarga to‗liq va tanho
egalik qilishga berganligi aytilgan edi.
Vaziyat qayta yaratilish davrida o‗zgardi, bu xolat o‗rta asr olimlari
Buyuk Albert va Rodjer Bekonlarning asarlarida yozib ko‗rsatilagan. Nemis
olimi Buyuk Albert (1206–1280) qalamiga tabiiy ilmiy traktatlar mansubdir.
―Alkimyo‖, ―Metallar va minerallar‖ haqidagi asarlarida iqlimni joylarning
geografik kengligiga, dengiz sathidan qanday balandlikda joylashganiga, tog‗ va
vodiylarni yer qimirlashi va toshqinlar natijasida yuzaga kelishi bilan
bog‗liqligi haqida fikrlar keltirgan.
Ingliz faylaso‗fi va tabiatshunos olimi Rodjer Bekon (1214–1294)
organizmni yashashida quyoshning rolini ta‘kidladi, konkret yashash joylaridagi
iqlimiy shartlarni va organik jismlarning xolatini o‗zaro bog‗liqligiga e‘tiborini
qaratdi, shu bilan birga inson ham barcha mavjudotlar singari iqlim ta‘siriga
moilligini, ya‘ni iqlimning o‗zgarishi inson tanasini va xarakterini o‗zgarishiga
ta‘sir ko‗rsatishini ta‘kidladi.
Mirzo Ulug‗bek (1394-1449)ning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari
shunchalik aniq va ilmiy isbotlanganki, u asrlar osha astronomiya ilmida
dasturilamal vazifasini o‗tab keldi. Mirzo Ulug‗bek asarlarida ilm inson
ma‘naviyatining asosi ekanini ta‘kidladi.
Dostları ilə paylaş: |