Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
1 BOB BO‘YICHA XULOSALAR 1. Hozirgi paytda shu narsa ma‟lum bo„ldiki, xavfli tavakkalning va favqulodda vaziyatlarning kamayishini tizimli tashkil etuvchilaridan biri hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatidir. Uning shakllanish doirasida xavfsiz nusxadagi shaxsning sifati, hayot faoliyati xavfsizligi sabablari rivojlanadi, muxofazalovchi chora-tadbirlarni zaruriyati, ta‟sirchanligiga ishonchni muhabbat tug„diradi, salbiy ta‟sirlar sharoitida fizikaviy va asabiy turg„unlik shakllanadi, o„zini xavfsiz xatti-harakati bo„yicha zaruriy bilim va ko„nikmalarini oladi. 2. Chet ellarda hayot faoliyatig xavfsizligi madaniyatini shakllanish juda tor doirada mexnat xavfsizligini meyor va qoidalarini singdirishga yo„naltirilgan bo„lib, mehnat madaniyatning elementi sifatida ko„riladi. 3. Respublika FVV hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXMg masalalarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda, chunonchi: - hayot faoliyati xavfsizligi borasida bilim berish; - maktablarda, litsey va kollejlarda, oliy o„quv yurtlarining kafedralari qoshida “Yosh qutqaruvchi”, “Yosh parashyutchi”, “Yosh o„t o„chiruvchi” to„garaklarida yoshlarni tayyorlash; - potensial xavfli o„ta muxim obektlarda barcha xavfsizlik, yong„in xavfsizligi qoidalarini va suv xavzalarida insonlar xavfsizligi meyorlarini ishlab chiqish va nazorat qilish, ishlovchi aholini, iqtisodiyot obektining qutqaruv xizmatini, korxona va tashkilotlarini, shtatda bo„lmagan avariya-qutqaruv xizmatchilarini o„qitish; - fuqaro muxofazasi borasidagi davlat siyosatini, favqulodda vaziyatlarda muxofazalanish, suv xavzalarida insonlarni yong„in xavfsizligini ta‟minlashni shakllantirish; - hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi umummilliy ideologiyani rivojlantirish, zaruriy meyoriy-xuquqiy bazani tuzish va rivojlantirish,
21
tavakkalni boshqarish soxasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni, , xavfsizlikni ijtimoiy reklamasini amalga oshiradi; - Umumrespublika aholini ko„p yig„ilgan joylarda hayot faoliyati xavfsizligi borasida aholini tayyorlashga qaratilgan axborotlashtirish va xabar berish kompleks tizimini yaratish va rivojlantirish, aholini favqulodda vaziyatlar va terroristik aksiyalar xavfi haqida o„z vaqtida va tezkor axborotni yetkazish, aholini ko„p yig„ilgan joylarda jamoat tartibini saqlash uchun zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalardan foydalanish. 5. Hozirgi paytda “hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)” kategoriyasi ma‟nosiga tushunish, asosiy shakllarini, uslub va rivojlanish vositalarini o„rganish bosqichi o„tmoqda. Shuning uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ni shaklanishining asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash, madaniyat obektlarini shakllanish klassifikatsiyasini berish, XFXM obektlarini shakllantirish uchun zarur sifat va xossalarni aniqlash hamda hayot faoliyatig xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning rivojlanishini umumiy uslubiy yondoshishini ishlab chiqish kerak.