13
Odamlarning atrof-muxitga bog‗liq bo‗lmay yashash davri tugadi. Hozir shu
narsa aniq bo‗ldiki, insoniyat biosferaning qonunlarini e‘tiborga olgan xolda
rivojlanishi mumkin. Buning uchun nafaqat ma‘naviy, moddiy boyliklarni,
balki madaniyatimizni ham o‗zgartirish kerak.
Xavfsizlik madaniyati - madaniyatning tarkibiy qismi bo‗lib, u mehnat
mahsulotlarining
tarkibida, vositalarida aks etadi, insonlarning o‗zaro
munosabatlarining rivojlanishi va moddiy dunyoni o‗zgarishiga yo‗naltirilgan
bo‗ladi.
Talabalarni mehnat subektiga aylanishi atrofdagi dunyoni o‗zgartirishga
tayyor bo‗lishga, shu bilan birga tashqi xavflarni bartaraf etishga, inson va
jamiyat ning hayot faoliyati xavfsiz sharoitini ta‘minlashga, xavfsizlik
vositalarini yaratish va foydalanishga da‘vat etadi.
Madaniyat inson faoliyatining natijasi bo‗lgan maxsulotlarnigina emas, balki
muloqot shakli va uslubi bo‗lgan ilm, tajriba va bilimining maxsulini,
intellektual, ma‘naviy va estetik dunyoqarashini ham o‗z ichiga oladi.
Xavfsizlik madaniyati ilm, tajriba va bilimdan tashqari dunyoqarash
fikrlarni, ma‘naviy va estetik boyliklarni, xavfsizlik muammolarini xal etishning
intellektual tajribasini, birgalikda yashash jarayonidagi o‗zaro muloqot va aloqa
xavfsizligini ham tushuntiradi.
Madaniyat avlodlar o‗zgarishi jarayonida insonlarning
hayot faoliyatini
tashkil etishi va rivojlanishi, ta‘minlanishini usulidir. Madaniyat xavfsizligining
mavjudligini shakllari turli xizmatlarning faoliyatida mujassamlanadi, bular
yong‗in xavfsizligi, FVVning qutqaruv xizmati, sanepidnazorat, DAN, tez
yordam xizmati va b.
Madaniyat odamlarning hayoti va faoliyatini turi va shaklida, ularning
o‗zaro munosabatlarida ifodalanadi. Xavfsizlik madaniyatining shakli ma‘naviy
qadriyatlar (inson
hayotining bahosi, shaxsni iqtisodiy qiziqishi, sog‗lig‗ini
qadrlashi va yo‗lovchilar xavfsiligini tan olish) bo‗lib, inson faoliyati, aloxida
odamlarning, jamoa va butun jamiyat ning yashashini tashkil etish (aloxida
odam, jamoaning ish tartibi, avariya-qutqaruv, qurolli kuchlar, iqtisodiy va
14
boshqa strukturalarning o‗zaro munosabati shaxs
va jamiyat qonuniyatlarini
singdirgan xolda) har kungi faoliyatida va ekstremal xolatdagi o‗zaro
munosabatlari e‘tiborni qamrab oladi.
Madaniyat – turli xil namoyon qilinishi bo‗yicha – ko‗pgina konkret
fanlarning obekti va predmeti bo‗lib, har biri o‗z tasavvuriga qarab alohida
talqin qiladi.
Madaniyatni mazmuniy elementlari jamiyat ning ma‘naviy hayoti
hisoblanadigan odatlar, meyorlar,
boyliklar, ma‘no va mazmunlardir. Shuning
uchun xavfsizlik madaniyatida nafaqat bilim va ko‗nikmalar, balki odatlar,
meyorlar, boyliklar, ma‘no va mazmunlar ham bo‗lishi kerak. Madaniyatning
o‗zagini umuminsoniy maqsad va qadriyatlar, hamda tarixan mavjud usullar
orqali ularni zehn va yutuqlari tashkil etadi.
Xavfsizlik madaniyatida bunday maqsad va qadriyatlarga hayotiy (sog‗liq,
xavfsizlik, farovonlik, to‗qlik, komfort va b), ijtimoiy (tavakkalga moillik,
xususiy mustaqillik, hayotiy muvaffaqiyatlar va b), siyosiy (ozodlik,
qonunchilik va b), ma‘naviy (ezgulik, xaqqoniylik, o‗zaro yordam va b), diniy
(xudoiy
qonunlar, najot, farovonlik va b), estetik (ideal, uyg‗unlik,
mukammallik,
ya‘ni xavfsiz odam yuksak qadriyatga, uyg‗unlik,
mukammallikka nisbatan xashaki odamga ko‗ra yaqin) xossalar kiradi.
Madaniyat- insonning ma‘lum ijodiy kuch va qobiliyatning rivojlanish
darajasidir. Demak, xavfsizlik madaniyati - insonning ma‘lum ijodiy kuch va
qobiliyatning rivojlanish darajasida, zararni oldini olish va kamaytirish (hayot
faoliyatidagi ta‘sir etuvchi xavfli va zararli faktorlar) insonni shaxsan o‗ziga,
boshqa odamlarga, umuman jamiyat ga zarar kelishining tavakkal
profilaktikasiga qaratilgan.
―Xavfsizlik madaniyati‖ va ―hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati‖
tushunchalari hodisa va jarayonlarni o‗zaro bog‗liqligini namoyon qiladi.
Xavfsizlik madaniyati ilmda ijtimoiy voqea bo‗lib, (inson va jamiyat xavfsizligi
haqidagi ilmiy bilimlarni), madaniyatni, mifologiya, ideologiya, din, sportni aks
ettiradi. Hayot faoliyati xavfsizligi ilmiy fan
sifatida turli fanlardagi
15
ma‘lumotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi, inson va jamiyat qonunlarini
tushunarli tarzda aks ettiradi.
Hayot faoliyati xavfsizligini shaxsiyat darajasi – insonning tavsifini va
hayot faoliyatini, uning xavfsizlik madaniyatini ijodiy o‗zlashtirishining asosiy
shart-sharoitidir.
Lekin,
xavfsizlik
madaniyatini
shaxsiyat
darajasida
gavdalanishi va hayot faoliyatini xavfsizligi inson va uning faoliyatining tavsifi
sifatida namoyon bo‗lishi bir narsa emas.
Hayot faoliyatining xavfsizligi – bu hayot faoliyatini xavfsizlik qonunlari
(profilaktika, minimizatsiya, xavfli va zararli faktorlarni yengib o‗tish va
bartaraf etish) orqali olib borishdir.
Dostları ilə paylaş: