Rasm 4. Yer yuzidagi is gazining konsentratsiyasini o„sishi
Yillar
10
7. Zamonaviy sivilizatsiyani yuzaga kelishi natijasida katta shaharlar
muammosi ham paydo bo‗ladi. Hozirgi paytda shaharlarda yer yuzi aholisini
47% yashasa, 1972 yili bu ko‗rsatkich 32%ni tashkil kilgan edi. Extimollarga
qaraganda, yaqin o‗n yillik orasida shaharlarning maydoni ikki barobar o‗sishi
kutilmoqda, ya‘ni 500 dan ortiq ulkan shaharlar paydo bo‗lish ehtimoli bor.
Shu bilan birga, hozirning o‗zida 1,1 mlrd.dan ortiq aholi havoning ifloslanishi
oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan jabrlanmoqda.
Ifloslangan havodan har yili 3 mln. odam kasallanadi, bundan taxminan
700 mingtasi avtomobilning gazlaridan halok bo‗lsa, 5 mln.dan 12 mln.gachasi
esa sifatsiz ichimlik suvidan foydalanish natijasida nobud bo‗lmoqda. Jinoyatlar
sodir bo‗lish darajasi shaharlarda qishloqlarga nisbatan 8 barobarga oshgan
bo‗lsa, bunga yana qashshoqlanish ham qo‗shiladi. Tez o‗sadigan, aholisi 750
ming kishidan ortiq bo‗lgan shaharlarning 2%gina sanoati rivojlangan
davlatlarda, 40% o‗rtacha va 58% kambag‗al davlatlarga to‗g‗ri keladi. Bunday
shaharlarning 60% Osiyoda, 25% Afrika, 15% Lotin Amerikasi davlatlariga
to‗g‗ri keladi.
Rasm 5. Yirik tabiiy ofatlar soni
8. Tabiiy va texnogen xarakterli halokatlarni jiddiy xavf solish xarakteri
keyingi paytda o‗zining chastotasi, masshtabliligi va vayron qilish xususiyatiga
Tabiiy ofatlar
ссонисони
11
ega bo‗lishi keskin oshdi. Bu holatlar sanoatga, qishloq xo‗jaligiga, atrof-
muxitgagina zarar keltirmay, balki ko‗pincha o‗zining aholi punktlariga va
insonlarninng halokatiga sabab bo‗luvchi xususiyatiga ham egadirlar. (Rasm 4)
Falokatlar tavakkali borgan sari global xarakterga ega bo‗lib, bir
regiondagi falokatlar boshqa regiondagi xolatga ta‘sir qiladi. Bular esa oxir
oqibatda butun dunyo iqtisodiyotiga katta xavf tug‗diradi. (Rasmlar 5, 6)
Rasm 6. Dunyodagi yirik toshqinlar dinamikasi
Rasm. 7. Maksimal quvvatli (4 va 5 kategoriyali) toshqinlar dinamikasi
Toshqinlar soni
Toshqinl
ar soni
|