II.2. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati tushunchasini mazmuni
Hayot faoliyatining xavfsizligi madaniyati (HFXM) tushunchasining
asosiy mazmunini aniqlash uchun alohida tashkil etuvchilari bo‗lgan
―madaniyat‖, ―xavfsizlik‖, ―hayot faoliyati‖ ni semantik tashxiz qilish va
bularni bir-biriga zid bo‗lmaydigan xolatda birlashtirish zarur.
Tashxiz shuni ko‗rsatadiki, ―madaniyat‖- extimol bir xil bo‗lmagan
tushunchalardan biri bo‗lsa kerak. Keng ko‗lamda ―texnomadaniyat‖, ―
ommaviy madaniyat‖, ―madaniy hayot‖, ―madaniyatli inson‖, ―odob-axloq
madaniyati‖, ―qadimiy dunyo madaniyati‖ va b. tushunchalar o‗zining mantiqiy
yuklamasi bilan bir-biridan farqlanadi.
Ilmiy - falsafiy adabiyotlarda ―madaniyat‖ – bu insonning ruxiy, jismoniy,
diniy layoqatlarini parvarishlash, yaxshilash va fazilatli qilishdir; shu bilan
birga keng ma‘noda madaniyat xalqning yoki bir gurux xalqlarning hayotni,
yutuqlarni, ijodiyotini namoyon qilishni jamlanmasidan iborat.
Tarbiyachiik lug‗atda ―madaniyat‖ terminiga quyidagicha ta‘rif beriladi:
―Madaniyat‖ (lotincha cultura- haydamoq, ishlamoq, tarbiyalamoq,
rivojlantirmoq, qadriga yetmoq) –tarixan ma‘lum darajada jamiyatning,
insonning ijod kuchlari va layoqatini rivojlanishi bo‗lib, u odamlar hayotini va
faoliyatini tashkil etish shakllari va turlarida, o‗zaro munosabatlarida, hamda
ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma‘naviy qadriyatlarida gavdalanadi.
Umumlashtirilgan xolda madaniyat terminining kutiladigan natijalaridan va
madaniy faoliyati parametrlari nuqtai nazaridan quyidagicha yondoshishlarni
ajratish mumkin:
1-
yondashish – funksional bo‗lib, unga ko‗ra madaniyat jamiyat
faoliyatini usuli, inson faoliyatini ro‗yobga chiqarish vositasi, insonlar va tabiat
orasidagi o‗zaro munosabati, insoniyatning talablarini, qiziqishlarini, fikrlarini,
dasturlarini amalga chiqaruvchi sifatida ko‗rib chiqiladi.
2-
yondashish – sifatli bo‗lib, madaniyat jamiyatning sifatli xolatini
35
tavsiflaydi, ya‘ni insonlarning tabiat va ijtimoiy munosabatlar ustidan
xukmronlik darajasi, tabiatni odamiylashuvini o‗lchovi sifatida ko‗rib chiqiladi.
Bundan odatiy so‗z birikmalari bo‗lgan ishlab chiqarish madaniyati, maishiy,
muloqot, his-tuyg‗u madaniyati va b. mavjud.
3-
yondashish- qadriyatli bo‗lib, madaniyat moddiy va ma‘naviy
qadriyatlarning jamlanmasi sifatida ishtirok etadi. Bunday yondashish nima
madaniyatga tegishli va nima aksimadaniyatga (johillik, vahshiylik, yovvoyilik,
o‗zini qo‗lda tuta olmaslik, fashizm, millatchilik, qon to‗kishga olib keluvchi
shovinizm)taalluqligini chegalashdan iborat.
4-
yondashish - kreativ bo‗lib, madaniyat asarlari insonlarning ijodiy
faoliyatini, u tomonidan yaratilgan texnika, muloqot vositasi, ilm, sanat natijasi
sifatida ishtirok etadi. Bu yerda nafaqat inson faoliyatini natijasigina emas, balki
insonning o‗zini qobiliyatlari, ulardan maxsulotlarni yaratishda foydalanish
usullari ham kiradi. Bunday xolda madaniyatga professional ilmiy, badiiy,
texnikaviy ijodiyotdan tashqari, xalq ommasining ijodi, havaskorlik ijodi kiradi.
5-
yondashish- meyoriy bo‗lib, bunga asosan madaniyat insonlarning
ahloqiy meyorlari, o‗zini tutish qoidalarini urf-odatlarga va an‘analarga bog‗liq
xolda qaraladi, axborotlarni ramz va belgilar tizimi yordamida yig‗ish va
uzatish usuli kiradi. Bunga faqat zamonaviy, madaniylashgan jamiyat ning
oldinga harakatlanishga yordam beruvchi o‗zini tutish qoidalarini urf-odatlar va
an‘analar kiradi.
6-
yondashish- ma‘naviy- shaxsiy bo‗lib, insonlarning qobiliyatini
rivojlantirishni, ularning ma‘lum darajadagi yuqori madaniylik sifatidagi
o‗qimishliligini, tarbiyaviyligini, ma‘naviyligi, madaniyatligi o‗z ichiga oladi.
Bir qancha tushunchalarni o‗ziga qamrab olgan bitta universal qoida
ma‘lum shikastlanish (keng ko‗lamda umumlashganligi, ba‘zi bir tomonlarini
yoritilmaganligi, amaliy maqsadlarda qo‗llashning yetarlicha bo‗lmaganligi)
xususiyatiga ega bo‗lganligidan, yuqorida keltirilgan yondashishlarning yagona
ma‘noga birlashgan eng qulay va muhim elementlarini ajratish maqsadga
muvofiqdir, bular:
36
- dunyoqarashli asosga, qadriyatlar tizimi ikkinchi, uchinchi, oltinchi
yondashishga xosdir;
- an‘analar, jamiyat a‘zolarining turg‗un o‗zini tutish qoidalari, ijtimoiy
meros – beshinchi va qisman birinchi yondashishlarga;
- inson faoliyatining ma‘naviy, intellektual va moddiy natijalari,
artefaktlar (vosita va usullar, obektlar) – uchinchi, to‗rtinchi va qisman
beshinchi yondashishilarda aks etgan.
Dinamika nuqtai-nazaridan madaniyatni xolat (daraja) sifatida ham,
jarayon sifatida ham qarash mumkin. Xolat sifatida ―madaniyat‖ kategoriyasi
o‗tmishga qaratilgan ko‗rinishda (ma‘lum etapdagi yutuqlarning jamlanmasi,
ijtimoiy meros), hamda borliqni baholashda (rivojlanish darajasi, o‗rnatilgan
axloq modeli) qaraladi.
Madaniyatni jarayon sifatida tavsiflashda tubdan o‗zgartirish kuchi,
ularga ta‘sir etish mumkinligi, faoliyat vektorini tartibga solish haqida
gapiriladi. Ushbu jarayon oqimi o‗zining tarixiga (muayyan vaqt ichida avvalgi
avlodlarning tajribasi) va ularni tatbiq etilishi (ishlab chiqilgan, individual va
ijtimoiy ahloqning turg‗un modellari)ga bog‗liq .
Albatta, kechayotgan jarayonni dinamik, uzluksiz tashxiz o‗tkazish
ma‘lum vaqt ichidagi, uning ―kesmasi‖ hisoblangan aloxida xolatdan, ancha
murakkabdir. Shuning uchun tizimiy texnikada, operatsiyalarni tekshirish
jarayonida ushbu tashxizlarni soddalashtirish uchun turli vaqtlar, shu jumladan,
tasodifiy lahzada jarayonni bir xolatdan boshqasiga o‗tish, shakllanish jarayoni
esa – parametrlar yig‗indisi shaklida tavsiflanadigan keyingi xolatiga yetishishi
sifatida qarash qabul qilingan.
Bu ko‗rsatilgan jarayonga tashxiz qo‗yishni soddalashtirishga,
kriteriylarni asoslashga va alohida olingan odamlarni, ijtimoiy guruhlarni,
mehnat kollektivlarini, jamiyat ni hayot faoliyati soxasida rivojlanish darajasini
baholashga imkon beradi, davlat aholisining madaniy saviyasini oshirish
yo‗nalishlarini aniqlaydi.
Ko‗rilayotgan tushunchaning keyingi komponentasi bo‗lgan ―xavfsizlik‖
37
-falsafiy nuqtai –nazardan ―xavf- xavfsizlik‖ kategoriyasini izohlash ma‘lum
qiziqish uyg‗otadi.
Ba‘zi mualliflarning fikricha, nodir hodisa bo‗lmish ―xavf‖ asosida inkor
qiluvchini inkor qilish yo‗li bilan o‗zining mavjudligini mustahkamlaydi.
Tabiatning yuksak maqsadi o‗z-o‗zining hayotini saqlash ekanligini e‘tiborga
olsak, xavfsizlikni borliqning zararlanmagan tabiiy muqarrarligi kabi aniqlash
mumkin.
Ko‗p xolatlarda ―xavfsizlik‖ tagida intuitiv yoki ilmiy xolda xavflarni
yo‗qligi tushuniladi. Shuning uchun xavfsizlik sifatida muxofaza obektining
muxofazalanganlik xolatini tushunish maqsadga muvofiqdir, bunda barcha
tavakkallarning miqdori ularning yo‗l qo‗yilganidan oshmaydi. Bu ta‘rifda
xavflar nomenklaturasi sifatida ularning analoglari – tavakkallar, ta‘sir etishning
mumkin bo‗lish masshtabi sifatida- tavakkalning yo‗l qo‗yilgan qiymatlari
ilgari suriladi.
So‗z birikmasi bo‗lgan ―barcha tavakkallar‖ni – individual (alohida inson
uchun), ijtimoiy (insonlarning yig‗indisi uchun) va global (shu jumladan alohida
olingan davlat uchun) tavakkal deb qarash mumkin.
―Madaniyat‖ va ―xavfsizlik‖tushunchasini ilk bor atom energiyasi bo‗yicha
Halqaro agentligi tomonidan 1986 yili Chernobil atom elektrostansiyasidagi yuz
bergan avariyani sabab va oqibatlarini tashxizi paytida birlashtirish amalga oldi.
Yuz bergan avariyaning sabablaridan biri hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyatini yo‗qligi deb e‘tirof etildi.
MAGATE bosh direktori qoshidagi yadro xavfsizligi bo‗yicha Halqaro
konsultativ guruhning ta‘rifiga qo‗ra, xavfsizlik madaniyati – bu korxona va
tashkilotlar faoliyati va aloxida odamlar hatti-harakati xususiyatining tashxizini
shunday jamlanmasiki, unda atom stansiyalarining (AS) havfsizligi
muammolari yuqori ahamiyatliligi e‘tiborga olinadi. Yana shu narsa qayd
etiladiki, xavfsizlik madaniyati – bu barcha odamlarning malakaviy va ruhiy
tayyorlanganligidir, AS xavfsizligini ta‘minlash birlamchi maqsadi va ichki
zaruriyati hisoblanib, xavfsizlikka ta‘sir etuvchi barcha ishlarni bajarganda
38
javobgarlikni va nazoratni his etishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |