39
kuzatiladi. Umuman olganda hayot faoliyati xavfsizligini madaniyati ta‘rifini
o‗rnatishdagi shart-sharoitlar quyidagichadir:
1. Madaniyat alohida individuumlar singari, jamoalar tomonidan
yaralitishi
va idrok etishi sababli, ushbu tushunchani nafaqat individual,
balki
kollektiv, jamoat darajasida ko‗rilishi zarurdir.
2. Haqli ravishda xavfsiz hayot faoliyatini madaniyati emas, balki hayot
faoliyati xavfsizligi madaniyati iborasidan foydalanish to‗g‗ridir.
Bu shu bilan
bog‗liqki, bunday madaniyatning tizimiy tashkil etuvchi alomati hayot faoliyati
emas, balki bu hodisaning ko‗pspektrli xavfsizlikning barcha ko‗rinishlarida
namoyon bo‗ladi.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati iborasi ko‗p darajada amaliy tusga
ega bo‗ladi va faqat xavfsiz sharoitlar yaratish nuqtai nazaridan hayot faoliyati
jarayonida maksimal foydali bo‗lishligi uchun izohlanadi.
3. Ushbu tushunchaning boshqarma, tarmoqqa
tegishli torliligini
yengish, unga ijtimoiy tus berish, alohida odam, kollektiv, insonlarning
uyushmasi bo‗lishi mumkin barcha vaziyatlarni ko‗rib chiqish uchun bu
tushunchaning komponentasi sifatida faqatgina ―xavfsizlik‖ni emas, balki
―hayot faoliyati xavfsizligi‖ni, ya‘ni xavfsiz hayot kechirish va faoliyat qilishni
ko‗rib chiqish zarur.
4. An‘anaviy madaniyat xolisona, lekin tarqoq xolda boshqa odamlarning
muomalasiga javoban alohida individlarning harakatlari ostida vujudga keladi.
Yig‗ma ommaviy harakatlarning o‗ziyoq an‘analarni, ahloqiy meyorlarni,
afsonalarni (masalan, qadimiy yunon, hind va boshqa madaniyatlar), sanatdagi
oqimlar va yo‗nalishlarni shakllantiradi.
Shunday qilib, ―madaniyat‖ tushunchasining ko‗plab aniqliklarini va
―xavfsizlik ‖, ―hayot faoliyati‖ birikmalarini umumlashtirib quyidagicha ta‘rif
berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: