Kasbga layoqatlilik – shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini
ko‗rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‗indisi.
Kasbga xos diqqat – ma‘lum bir kasbga ko‗p yil ishlash natijasida shu
kasbning talablari va ob‘ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat
turi.
Kasbga tegishli ma‟lumot – mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasi uchun
zarur bo‗lgan maxsus bilim, amaliy ko‗nikma, malaka va odatlar tizimi.
Kasbga xos zararliklar – mehnat va ishlab chiqarish sharoitlarining odam
organizmi hamda ish qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar yig‗indisi.
Kasbga qiziqishlar – shaxsning ma‘lum bir kasbga nisbatan doimiy va
barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati.
Kasbiy malakalar – ishlab chiqarish faoliyatining ko‗p takrorlanishi
natijasida avtomatlashgan xatti-harakatlar yig‗indisi.
Kasbiy xotira – bevosita o‗z kasbiga doir narsa va hodisalarni fikr hissiyot,
harakatlarni еsda qoldirish, mustahkamlash va еsga tushirishdan iborat xotira turi.
Kasbga xos odatlar – ma‘lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan
odatlar.
Kasbda ishlashni to„g„ri tanlash- shaxsni muayyan kasbda ishlash uchun
qabul qilishda uning shu kasbning ob‘ektiv xususiyatlariga to‗g‗ri keladigan
jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish.
Kasb – shaxsning jamiyat a‘zosi sifatida yashash manbai bo‗lib xizmat
qiladigan doimiy mashg‗ulot yoki faoliyat turi.
Kasb psixologiyasi – mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik
komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‗yiladigan
psixologik talablarni o‗rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‗ullanuvchi
bo‗lim.
292
Metod – tabiat hodisalarini tekshirish usuli, o‗rganilayotgan hodisalarga
yondoshishda ilmiy bilishning va haqiqatni aniqlashning rejali yo‗li, harakat usuli
va tartibi.