O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Sotsiogenetik nazariya. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi 


53 
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda 
ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) 
usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib 
chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, inson biologik tur 
sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta‘siri ostida 
shaxsga aylanadi. 
Kognitivistik yo‟nalish
. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J. 
Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi 
ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intellekt funktsiyalari va intellektning 
davrlari ta‘limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funktsiyalari 
uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish)dan iborat bo‘lib, 
intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi. 
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 
1)
sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha); 
2)
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 
3)
muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha); 
4)
formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J. Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-
genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo‘nalishning namoyandalari qatoriga
L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi. 
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‘rganishga Rossiyalik
atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. 
Leontev, B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I. Bojovichlar o‘zlarining salmoqli 
hisslarini qo‘shganlar. 
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham ob‘ekti, 
ham sub‘ekti. A. N. Leontevning tushunti- rishicha, shaxs faoliyat sub‘ektidir. K. 
K. Platonov jamiyatda o‘z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni 
shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. 
L. Rubinshteynning ta‘rificha, shaxs tashqi ta‘sirlar yo‘nali- shini o‘zgartiruvchi, 


54 
ichki shart-sharoitlar mahsulidir. 
A.V.Petrovskiyning quyidagi ta‘rifini shaxsning psixolo- gik ta‘rifi sifatida 
qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, 
jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi 
odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o‘zgartiruvchi sub‘ektga aylanadi». 
Ko‘rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan 
yondashib, unga har xil ta‘rif berishgan. 
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. 
«Shaxs o‟z menligini anglagan, o‟zgalar bilan o‟zaro munosabatlarga kirisha 
oladigan tabiat va jamiyatga faol ta‟sir o‟tkaza oladigan har qanday individ». 
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib 
chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu- nish bo‘yicha quyidagi 
xulosalarga kelish mumkin. 
1)
jamiyatning a‘zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir individ 
shaxsdir; 
2)
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan murakkab 
individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs 
xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida, 
xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi; 
3)
odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida 
shaxs sifatida shakllanadi. 
4)
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‘lgan 
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o‘rganish 
mumkin. 
Ushbu xulosalardan muxandis faoliyatida amalda foydalaniladigan bo‘linsa, 
shaxs muammosini o‘rganishning ikki tendentsiyasi («tendentsiya lotincha so‘z 
bo‘lib, «intilish», «g‘oya», «fikr», «mayl», «tamoyil» degan ma‘nolarni anglatadi) 
birli- gini kuzatish mumkin. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin