O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Rasm.  «Men»imizning uch modalligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

2. Rasm. 
«Men»imizning uch modalligi 
Endi ajratilgan belgilanishlar asosida xulosalarni ifodalashimiz mumkin: «Na-
Men» - bu o‗zi haqidagi ko‗proq yolg‗on va ozgina haqiqatdir, boshqa so‗zlar 
bilan aytganda, kamchiliklarning kamrog‗ini ko‗rsatib, afzalliklarni, ba‘zida ular 
o‗ylab topilgan bo‗lsa ham, yuqori darajada namoyish qilishdir; «Uy-Men» - oraliq 
soha – 50% ko‗rsatiladigan kamchiliklar va 50% namoyish etiladigan afzalliklar; 
«Sa-Men» - haqiqatni yuqori darajada va yolg‗onni kamroq darajada bilish
boshqacha aytganda, afzalliklarni kamroq ochib berish va kamchiliklarni ko‗proq 
aniqlash. 
Bunga o‗xshash raqamlar chizig‗i asosida pragmatik mulohazalar yotadi. 
Haqiqatdan ham, har birimizga ma‘lumki, odam o‗zidan hech narsani yashira 
olmaydi; 
yaqinlardan 
kamchiliklarni 
yashirish 
befoyda; 
uzoqdagilarga 
kamchiliklarni namoyish qilish xavflidir. Hammadan ko‗ra ko‗proq o‗zimizni 
kuzatganimiz uchun, barcha o‗zi to‗g‗risidagi haqiqatni biladi. Etarli darajada 
ko‗p hollarda «Men»imizning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan yaqinlarimiz 


66 
turli vaziyatlarda bizlarni kuzatadilar. Yaqinlarimizni qanchalik ko‗proq kamchilik 
va nuqsonlarimizda ishontiradigan bo‗lsak, ularda shunchalik darajada insoniy 
hamdardlikni uyg‗otamiz, o‗zaro munosabatlarimiz ham shunchalik samimiy 
bo‗ladi, nihoyat, ular shu darajada yordam qo‗lini cho‗zishga tayyor turadilar. 
To‗g‗ri, albatta, yaqinlarga o‗z kamchiliklarini namoyish qilishning ham ma‘lum 
me‘yori bo‗lishi darkor. 
Uzoqdagilardan kamchiliklarni, yaxshisi, yashirgan va afzalliklarni ularga 
ko‗rsatgan ma‘qul. Individ notanish odamlarga o‗z kamchiliklarini namoyish qilar 
ekan, uni tarbiya ko‗rmagan odam sifatida qabul qilib, u bilan har qanday 
aloqalarni butunlay uzishlari mumkin.[2] 
«Na-Men» - nomaqbul tasavvurning yoki o‗zini odamlarga ko‗z-ko‗z qilish 
ehtirosli istagining mevasi emas. Buning orqasida chuqur ijtimoiy maqsadga 
muvofiqlik turadi: o‗zining eng yaxshi sifatlarini namoyish qilishga intilish didni, 
o‗ziga qarash malakasini, xarakatlarni nazorat qilishni, nihoyat, o‗z hulq-atvorini 
takomillashtirishni shakllantiradi. O‗zini tutish madaniyati uy sharoitida emas
balki tantanali bayram kechalarida, do‗stlar va mehmonlar davrasida yuzaga 
keladi.
Shunday qilib, o‗z «Men»ining mavjudligi kechinmasi go‗daklik davrida 
boshlanadigan va I.S. Kon «Menni kashf etish» sifatida belgilagan shaxs 
shakllanishi jarayonining natijasi bo‗lib hisoblanadi. Bir yashar bola tanasidagi 
hissiyotlari bilan tashqaridagi jismlardan yuzaga keladigan hissiyotlar o‗rtasidagi 
farqni anglay boshlaydi. So‗ngra, 2-3 yoshida bola unga zavq bag‗ishlaydigan 
jarayon va o‗zining jismlar bilan harakatlari natijasini kattalarning jismli 
harakatlariga «Men o‗zim!» talabini qo‗ygan holda, ajrata boshlaydi. U birinchi 
marta o‗zini atrof- muhitdan ayro tutish bilan birga, boshqalarga qarama-qarshi 
turgan holatda o‗z harakatlarining sub‘ekti sifatida anglay boshlaydi. Bolalar 
bog‗chasi va maktab chegarasida, kichik sinflarda kattalar, ota-onalar va 
o‗qituvchilar yordamida shaxsiy psixik sifatlarini baholashga vaqtincha yutuq va 
kamchiliklarining sababini anglash darajasida yondoshish imkoniyati tug‗iladi. 
Nihoyat, o‗smirlik va o‗spirinlik davrida ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga faol 
kirishish natijasida ijtimoiy-ahloqiy o‗zini baholashning kengaytirilgan tizimi


67 
shakllana boshlaydi, o‗zini anglash taraqqiyoti nihoyasiga etib, asosan, «Men» 
obrazi tarkib topadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin