O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


anglangan yoki umuman  anglanmagan



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

anglangan
yoki umuman 
anglanmagan
bo‗lishi mumkin. Shaxs 
yo‗nalganligida asosiy o‗rinni anglangan motivlar egallaydi.[1] 
Shaxs yo‗nalganligi doimo ijtimoiy belgilangan bo‗ladi va tarbiya jarayonida 
shakllanadi. Yo‗nalganlik – bu shaxsning xususiyatlariga aylangan va havas, istak, 
intilish, qiziqish, moyillik, ideal, dunyoqarash, e‘tiqodkabi shakllarda namoyon 
bo‗ladigan mayllar. Bu shakllarning asosida 
faoliyat motivlari
yotadi. 
Havas
– bu sub‘ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha 
anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. 
Istak
faoliyat motivisifatida 
ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob‘ektigina 
emas, balki uni qondirish yo‗llari ham anglanadi. 
Intilish
istak tuzilishiga irodaviy 
tarkibiy qism qo‗shilganida yuzaga keladi. 
Qiziqish
– bu shaxsning yo‗nalganligini 
faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta‘minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining 
maxsus shakli. Sub‘ektiv tarzda qiziqish ob‘ektni chuqurroq o‗rganish, u haqda 
ko‗proq ma‘lumotga ega bo‗lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega 
bo‗ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo‗ladi. Odatda, shaxs 
yo‗nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so‗nishiga sabab 
bo‗lmasdan, uni ichdan o‗zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish 
faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni 
uyg‗otadi. 
E’tiqodlar
– bu shaxsni o‗z qarashlari,tamoyillari, dunyoqarashiga 
muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E‘tiqodlarshaklidagi 
ehtiyojlar mazmuni – bu tabiat va jamiyatni o‗rab turgan olam haqidagi bilimlar, 
ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan 
qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular 
insonning 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin