O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Regulyativ 
funktsiyasi
–axloqning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Regulyativ funktsiya shaxs, 
xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan 
axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. Shu maqsadda bir qancha 
vositalarga tayanadi: axloqiy printsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, 
an‘analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun 
jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi. 
Aksiologik funktsiyasi
(baholash) –
yuqorida ta‘kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u ѐki bu qadriyatlar 
sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-ѐmon» nuqtai nazaridan 
kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy 
sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni 
rivojlantirishni ham nazorat qiladi. 
Informatsion 
(bilish) funktsiyasi-axloqiy 
bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy printsiplar, normalar, kodekslar 
ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. Shu bilan 
birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov 
masalasiga e‘tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, 
haѐtining ma‘nosini anglashga ѐrdam beradi. Tarbiyaviy funktsiyasi–har qanday 
tarbiya tizimi –bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya 
axloqiy norma, odat, an‘ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim 
holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e‘tiqodga aylantiradi, konkret 
vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e‘tiqodni qo‘llashda ijodiy ѐndashuvga 
o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-
o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Shu erda, axloqning alohida funktsiyalarini 
ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. Chunki real haѐtda ular 
bir-biri bilan uyg‘un holda namoѐn bo‘ladi. Axloq bir vaqtning o‘zida boshqaradi, 
tarbiyalaydi, yo‘naltiradi va hokazo. Axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va 
ijtimoiy voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi. Bu baholashning 
asosiy mezonikishilarning«nima yaxshi-yu nima ѐmonligi» haqidagi tasavvurlari 


75 
hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. Shu 
tariqa axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu 
tizimlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir insonda turlicha namoѐn bo‘ladi. 
Shaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy haѐtda faol 
ishtirok etadi, uning dunѐqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha 
bo‘lsa, inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunѐqarashida 
individualizm printsipi ustun bo‘ladi. Kasb etikasi-har bir kasb-hunarga xos 
axloqiy norma, printsip va sifatlarni o‘rganadi va haѐtga tatbiq etadi. Axloqiy 
tarbiya nazariyasi-axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib 
chiqqan 
holda 
uni 
haѐtga 
tadbiq 
etishning 
vosita 
va 
uslublarini 
o‘rganadi.Etika‖ning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, bir-
birini taqozo etadi va to‘ldirib turadi. Etika‖ boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar 
tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. Etikaning Estetika‖ bilan munosabati ayniqsa 
o‘ziga xos. Chunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan nuqtai 
nazar, yaxshilik ѐki ѐmonlik (axloq) va go‘zallik ѐki xunuklik (nafosat) nuqtai 
nazaridan ish ko‘radi. Ya‘ni ichki go‘zallik va tashqi go‘zallik uyg‘unligiga e‘tibor 
qaratadi. Shu bilan birga, san‘at estetikaning asosiy tadqiqot ob‘ektlaridan 
hisoblanadi. Har bir san‘at asarida axloqiy –tarbiyaviy jihatdan muhim bo‘lgan 
g‘oyalar ilgari suriladi va san‘atkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni 
yaratadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin