O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

o‘xshashligini
tushunishi holatida ifodalanadi. SHunday 
qilib, 
o‘zini anglash
yoki «Men-konsepsiyasi» – bu individning o‗zi haqidagi 
tasavvurlarning takrorlanmas tizimi sifatida kechiriladigan nisbatan barqaror u 
yoki bu darajada anglanganlikdir, uning asosida individ boshqa odamlar bilan 
o‗zaro aloqalarini o‗rnatadi va o‗ziga munosabat bildiradi. «Men-konsepsiyasi» – 
bir butun bo‗lsada, lekin ichki qarama-qarshiliklardan holi emas, o‗ziga nisbatan 


61 
mayl sifatida namoyon bo‗ladigan va quyidagi tarkibiy qismlardan iborat shaxsiy 
Men 
obrazi 
bo‗lib hisoblanadi: 
kognitiv 
– o‗z sifatlari, layoqatlari, tashqi 
ko‗rinishi, ijtimoiy ahamiyatliligi va h.k.lar obrazi; 
emotsional
– o‗zini hurmat, 
o‗zini yaxshi ko‗rish, o‗zini kamsitish va h.k.; 
baholash-irodaviy
– o‗ziga berilgan 
bahoni ko‗tarishga, hurmatga sazovor bo‗lishga va h.k.ga intilish. «Men-
konsepsiyasi» – ijtimoiy o‗zaro ta‘sir sharti va oqibati ijtimoiy tajriba bilan 
aniqlanadi. Uning tarkibiy qismlari: 
real Men 
(o‗zini hozirgi hozirgi zamonda 
tasavvur etish), 
ideal Men 
(uning fikricha, ahloqiy qoidalarga rioya qilgan 
sub‘ekt kim bo‗lishi), 
dinamik Men 
(sub‘ekt qanday bo‗lishni xohlashi), 
xayoliy 
Men
(imkoniyat bo‗lsa, sub‘ekt qanday bo‗lib qolishni istashi) va boshqalar.[1] 
I.S. Kon «Men» tushunchasiniindividga o‗zini anglashnigina emas, balki, o‗z 
faoliyatini ongli yo‗naltirish va boshqarish imkoniyatini yaratuvchi faol-ijodiy, 
integrativ muqaddima sifatida ochib bergan holda, bu tushunchaning ikki 
tomonlama xususiyatga ega ekanligini ta‘kidlab o‗tadi. O‗zini anglash ikkilangan 
«Men»ni o‗z ichiga oladi: 1) «Men» tafakkur sub‘ekti sifatidagi, refleksga ega 
«Men» – faol, harakatchan, sub‘ektga tegishli, ekzistensial «Men»; 2) «Men» idrok 
qilish va ichki sezgi ob‘ekti sifatida – ob‘ektga tegishli, refleksga ega, noyob 
hodisaviy, «Men» darajasi yoki «Men» obrazi «Men» tushunchasi, «Men-
konsepsiyasi». 
Refleksga ega «Men» 
kognitiv chizma
dan iborat bo‗lib, uning yordamida 
individ o‗zining ijtimoiy persepsiyasini va boshqalar haqidagi tasavvurlarini 
tuzadi. Kognitiv chizma ikkita tizimnio‗z ichiga oladi: shaxsiy va ijtimoiy 
o‗xshashlik. Shaxsiy o‗xshashlik jismoniy, intellektualva ahloqiy qirralar 
atamalaridagi o‗z yo‗nalishini belgilashga kiradi. Ijtimoiy o‗xshashlik alohida 
o‗xshashliklardan tashkil topib,odamning turli ijtimoiy guruhlar: irq, millat, sinf, 
jins va h.k.larga mansubligi bilan belgilanadi.Shaxsiy o‗xshashlik bilan bir qatorda 
ijtimoiy o‗xshashlik o‗zini anglash va ijtimoiy hulq-atvorning asosiy 
boshqaruvchisi bo‗lib hisoblanadi. 
«Men-konsepsiyasi» faqat anglanadiganlarni o‗z ichiga olgani uchun uni 
ongli kognitiv idrok va individning o‗zini o‗zi baholashi, ya‘ni, o‗zi haqida fikr va 
mulohaza bildirishi sifatida aniqlash mumkin.[2] 


62 
Ko‗pchilik chet ellik mualliflarning U. Xyuit tomonidan umumlashtirilgan 
qarashlariga ko‗ra, «Men-konsepsiyasi» bir necha tarkibiy qismlarni o‗z ichiga 
oladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin