O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Birinchi tendentsiya 
muxandis xodimlarini jamiyatda mavjud shaxs sifatida 
tan olib, uning shaxsiy individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish, ya‘ni uni 


55 
psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni xodimning injener mehnati 
psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya‘ni, muxandis mehnat 
huquqni qo‘llash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va 
muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va 
mahoratni, mutaxassislik ko‘nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo‘yishni, muxandislik faoliyati shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik 
yo‘nalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari xodimlari shaxsini 
shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformatsiyasi 
(buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to‘g‘ri tashkil etishini va 
boshqa masalalar bo‘ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. 
Ikkinchi tendentsiya 
muxandislar xizmat faoliyatining ob‘ekti va predmetini 
tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama o‘rganish. Bu 
tendentsiyaning echimi muxandis xodimlar zimmasiga yanada murakkabroq 
bo‘lgan vazifalarni yuklaydi
2

Bu ikki tendentsiya muxandisxodimlari faoliyatida shaxs muammosini 
psixologik jihatdan chuqur o‘rganishni taqozo etadi. 
Muxandis xodimlar faoliyatida shaxs muammosini o‘rganishning bu ikki 
tendentsiyasi rasman ikki xilda ko‘rinsa ham uning echimi bir nuqtaga, ya‘ni 
mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini o‘rganib, 
jamiyatda barqarorlikni ta‘minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendentsiya uchun 
ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Muxandis shaxsining psixologik tuzilishi etarli 
darajada o‘rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi quyidagi masalalarning hal 
qilinganligi darajasiga bog‘liq. 
Birinchidan, muxandis davlat xizmatchisi sifatida mavjudmi, mavjud bo‘lsa, 
unga qanday majburiyatlar yuklangan va qanday vakolatlar berilgan? 
Bizning davlatimizda bu masala etarli darajada hal qilingan. Masalan, ishlab 
chiqarish jarayoni mavjud, u har doim takomillashib bormoqda. 
Ikkinchidan, muxandislar o‘zaro va fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatlari 
2
Климов В. Л. 
Инженерная психология. – СПб., 1999. – С. 198. 


56 
qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu masala ham ijobiy hal qilingan bo‘lib, 
u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. 
Uchinchidan, muxandislarning kasbiy va ma‘naviy-ma‘rifiy tayyorgarlik 
darajasi qanday yo‘lga qo‘yilgan?
To‘rtinchidan, xodimlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi? 
Mana shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal qilinishi 
muxandislarining psixologik tuzilishini belgilaydi. 
Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar. 
Masalan, atoqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning fikriga ko‘ra, shaxs 
psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega: yo‘nalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar, 
ideallar, e‘tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda 
ifodalanadi; 
1)
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi; 
2)
individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi. 
K.K.Platonov ta‘limotiga ko‘ra, shaxs psixologiyasining tuzilishi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Yo‟nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish) 
shaxsning axloqiy qiyofasi va 
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam 
(hajm) darajalarini farqlash lozim. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin