O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Xotirani rivojlantirish qonuniyatlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Xotirani rivojlantirish qonuniyatlari 
№ 
Nomlanishi 
Tavsifi 
1. 
Assotsiatsiya qonuni 
(Arastu)
Notanish narsani eslab qolish uchun uni 
birorta tanish narsa bilan bog‘lash zarur. 
2. 
Mustahkamlash qonuni 
(A. R. Luriya)
10 daqiqa insonga biror narsani xotirasida 
mustahkamlash uchun etarli 
hisoblanadi. 


91 
3. 
Esdan chiqarish qonuni 
(G. Ebbingauz)
Har qanday material yodlanganidan so‘ng, 1–
2 soat ichida xotirada 40% qoladi. Keyinroq 
esdan chiqish tezligi kamayadi, 6 sutkada 
axborotning 20% saqlanib qoladi. 
4. 
B. V. Zeygarnik qonuni 
Mashg‘ulotni eng qiziq joyida tugallash, 
yodlanayotgan materialni eng qiziq joyida 
to‘xtatish qayta yodlash jarayonigacha mate- 
rialning to‘liq saqlanib qolishini ta‘minlaydi. 
5. 
Yosh qonuniyati 
Xotira 18–25 yoshgacha yaxshilanib boradi, 
45 yoshda bir xillik saqlanib qoladi, 45 
yoshdan sustlasha boradi. 
6. 
«Boshidan 
oxirigacha» 
qonuni 
Yodlanayotgan materialning boshi va oxiri- 
dagi axborot, o‘rtasidagiga qaraganda 
yaxshi saqlanadi. 
Ko‘pgina mnemotexnik tizimlar ushbu qonuniyatlarning amal qilishiga 
asoslanadi. Eslab qolishning quyidagi asosiy usullari mavjud: mantiqiy, ma‘noli, 
mexanik va mnemotexnik. 
Mantiqiy eslab qolish 
– eslab qolishning asosiy usuli. Ushbu usuldan 
qanchalik samarali foydalanish aqliy imkoniyatlarga, ma‘noli va mantiqiy aloqalar 
o‘rnatishga bog‘liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo‘ladigan ma‘noli aloqalar 
tasodifiy yuzaga kela- digan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi bilan 
ajralib turadi. Mantiqiy eslab qolishning muhim usullaridan biri, avvalo, manbani 
guruhlarga ajratish, ya‘ni ma‘nosi bo‘yicha guruhlashtirishdan iborat. 
Mexanik usul – 
ma‘nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning asosini 
esda olib qolinadigan ma‘lumotlarni oddiy takrorlash, ma‘nosini anglamasdan 
turib ko‘p martalab idrok etish
tashkil etadi. Mexanik xotira ancha yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy 
asosidir, usiz ma‘lumotlarni eslab qola olmaymiz. 
Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo‘ladigan usul. U 
asosan ma‘nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning yordamida 
ma‘noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha kuchaytirish va 
ma‘nosiz mate- rialni mexanik eslab qolish samaradorligini benihoya oshirish 
mumkin. 


92 
Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur. 
Shuningdek, axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim bo‘lsa, 
shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shuning uchun ham 
qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o‘zingiz, masalan, kasbiy 
faoliyatda maqsadga erishish- ingiz uchun muhimligini ta‘kidlab turishingiz zarur. 
Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo‘lsa, shunchalik mustahkam 
yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biron bilimni, qonuniyatni 
oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji boricha kengroq qo‘llash 
muhimdir. 
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib 
qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga 
eng ko‘p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish 
ob‘ektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy 
aloqalarga asoslanadi. 
Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. 
O‘zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan 
narsalar bilan bog‘lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan 
biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga 
tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta aha- miyatga ega. 
Bular eslab qolish jarayoniga katta ta‘sir ko‘rsatishi bilan birga, uning natijalarini 
oldindan ko‘rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi. 
Bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini 
yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish 
va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek, 
muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini engillashtiruvchi 
sun‘iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganishimiz zarur. 
Xotirani shakllantirish usullari: 

bilishga bo‘lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini 
shakllantirish; 

mantiqiy eslash usullarini o‘rganish; 


93 

javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o‘rganishga, qunt qilishga, 
o‘zini tarbiyalashga e‘tibor berish; 

o‘tilgan mashg‘ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash, 
xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish. 
Shu ma‘noda muxandisfaoliyatida kasbiy xotira 

tezkor, uzoq muddatli, so‘z mantiqli shaklda, raqam, son, ism, 
familiya, qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyin- chalik farqlay 
olish)da namoyon bo‘ladi
7


Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin