Tafakkur va uning muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‟rni.
Tafakkur
atrof-muhitdagi voqealikni nutq yordamida bevosita, umumlashgan holda aks
ettiruvchi psixik jarayon, sotsial sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik
yaratish va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir
8
.
Insonning bilish faoliyati voqealikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok
qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan
aks ettirishga o‘tadi.
Tafakkur jarayonida inson hissiy bilish qobig‘idan tashqari chiqib, sezgi va
idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo‘lmagan murakkab holatlarni
anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari bilan
tafakkur uzluksiz bir-birlarini boyitib turadi.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo
mumkin emas. Shuning uchun shaxsning tafakkuri rivojlanishi bilan birga nutq
faoliyati ham o‘sadi. Bu esa shaxsda o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq ifodalash
malakasini tarkib toptiradi,
nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug‘at boyligini oshiradi. Muxandis
faoliyatida tafakkur kasbiy masalalarni echishga oid holat va hodisalarning
mohiyatini tez anglash, turli tuman axborotlar ichidan zarurini ajratib olish, ular
o‘rtasidagi farq va tafovutlarni oson aniqlash, ko‘pchilik ilg‘ay olmaydigan mayda
narsalarni ko‘rish bilan ularni turli harakat, shakllarda obrazlashtirish,
jonlantirishda namoyon bo‘ladi.
7
Ғозиев Э
. Тафаккур психологияси. – Т., 1990, – 15-б.
8
Теплов Б. М.
Проблемы индивидуальных различий. – М., 1998.– С. 328.
94
Muhandis xodim oldida turgan vazifalarni hal etishi uchun uning kasbiy
tafakkurini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Idrok va tasavvurda aks etadigan
narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
Umumiy psixologiya asoschilari talqinida esa tafakkur voqelikning
umumlashtirilgan, bevosita, to‘liq hamda eng aniq ifodasi hisoblanadi.
Tafakkur,
xususiyatiga ko‘ra, shaxs faoliyatida vujudga kelgan muammo va
masalalarni hal qilishga yordam beradi, muammoning echimini topish bilan bir
qatorda, muammoli vaziyatga aloqador narsa va hodisalarning noaniq
xususiyatlari, ayni vaziyatdagi munosabatlariga ham aniqlik kiritadi. Tafakkur
yuritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad muayyan vaziyatdagi turli munosabatlar,
holatlar yuzasidan avval alohida, so‘ngra umumlashtirilgan holda olingan
manbalarni o‘zaro solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda
shakllantirishdir
9
.
Kasbiy tafakkur
nafaqat harakatga keltirish zarur bo‘lgan aqliy imkoniyat,
balki
inson
omilini
faollashtirish
qurolidir.
Shu
nuqtai
nazardan,
muxandisxodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, o‘z xizmat vazifalarini
bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadigan voqea, hodisa va holatlardagi
umumiylikni ko‘ra olish, analiz va sintez qilish, taqqoslash, asoslash va tax- miniy
xulosalar chiqarish jarayoni tushuniladi.
Kasbiy rivojlangan tafakkur
xodimning muhim xislati bo‘lib, narsalar,
odamlar va ularning xatti-harakatlaridagi muhim jihatlarini bilish, ular o‘rtasidagi
qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Xodimning tafakkuri
murakkab tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy muammo- larni hal etishning
yangi yo‘llarini topish qobiliyati.
Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari quyi- dagilardan iborat
10
.
Kasbiy vazifani tushunish usuli.
Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifalarga
bo‘lish zarur. Ishning tafsilotlari, ikir- chikirlariga e‘tibor berish, hech narsani
nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlariga ega bo‘lishga
harakat qilish kerak.
9
Рубинштейн С.Л.
О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14.
10
Рубинштейн С.Л.
О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14.
95
Masalaning echimini topish usuli.
Avvalo, izlanishning dast- labki nuqtasi
ajratib olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash
yo‘nalishlari tanlanadi, uyg‘unlashtiriladi va qayta ko‘rib chiqiladi.
Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllan- tirish usuli.
Xodimdan umumiy manzara va undagi elementlarning obrazli ishlovini amalga
oshirish hamda shu asosda tekshi- rilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni
shakllantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (timsollar) shaklida amalga
oshirilishi mumkin). Hodisaning elementlari o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rib chiqish
va ishlash, ularni bir butun ko‘rinishga birlashtirish hamda asosiy bo‘g‘inni topish
zarur.
Tafakkurni yo‟naltirish usuli
tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo‘nalish
olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motivlarini tushunishga
harakat qilish), shuningdek psixologik tahlil o‘tkazish va uning asosida vaziyatning
bundan keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba‘zi murakkab
vaziyatlarda refleksiya usulidan, ya‘ni raqib nuqtai nazaridan mulohaza qilishdan
foydalaniladi.
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli.
Xodim o‘zini nazorat
qilishning so‘zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara
oldim?», «Nima uchun men bunday xulosaga keldim?» va h.k.) foydalangan holda
tekshirib turishi zarur. O‘z xulosalari va baholarida sub‘ektivlikka yo‘l qo‘ymas-
likka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo‘q qilishga harakat qilishi kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:
1)
mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy
xususiyatlarni rivojlantirish;
2)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va
tajribani egallashga harakat qilish;
3)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va tajriba
egallashga harakat qilish;
4)
bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini echish, qiyin, mavhum
vaziyatlarda echim topish mashqlarini mukammallashtirish;
96
5)
mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash, masalani
echishdagi g‘ayritabiiy usullar bilan tanishish;
6)
aqliy imkoniyatlarni takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: |