O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

stenik 
hislar deb ataladi. Boshqa bir holatda emotsiya (
astenik 
deb 
atalmish emotsiyalar) faollikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib 
turadi, his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi kishini bo‘shashti- rib yuboradi. 
His-tuyg‘ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajonlanish tarzida 
boshdan kechirilishi chog‘ida ma‘lum darajada seziladigan tashqi belgilarga ham 
ega bo‘ladi. Masalan, yuzlarning ifodali (mimika), qo‘l va gavdaning ma‘noli 
harakatlari, turq-tarovat, ohang, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi 
kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba‘zan shaxsga o‘ziga o‘zi 
hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida sodir 
bo‘ladi
11

Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan 
o‘tadigan jarayon. U ongning anchagina o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat 
qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmaslik, shuningdek
shaxsning hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt 
holatida birdaniga katta kuch sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo‘ladi. 
Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo‘rondir. 
Hissiy portlash ro‘y berganda kishi o‘zini nazorat qila olmay qoladi, 
qilayotgan ishining oqibatini o‘ylamaydi va aql-hushini yo‘qotib qo‘yadi. 
11
Ғозиев Э. 
Умумий психология. –Т., 2002. – Б. 188–190. 


100 
Tormozlanish miya qobig‘ini egallab, kishining tajribasi, uning madaniy va 
ma‘naviy asoslarda mustahkamlangan muvaqqat bog‘lanishlarning tarkib topgan 
tizimini ishlatmay qo‘yadi. Hissiy portlashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, 
barcha narsalarga befarq munosabatda bo‘lish, harakatsizlik, ba‘zan esa mudroq 
bosish boshlanadi. 
Kayfiyat
. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan 
vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning 
hayoti va faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur‘atsizlik, 
zerikish, qayg‘urish singari his-tuyg‘ular ruhiy holatining umumiy tizimiga 
aylanadi. Ushbu vaziyat ba‘zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay 
zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Inson xafa, ma‘yus 
hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, tengdoshlarining hazili, keksalarning pand-
nasihatlari, masla- hatlariga, quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan, boshqacharoq 
muno- sabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta‘limi tizimi 
jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, 
iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani shakllantirish ham jismoniy, ham 
aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir. 
Stress, 
psixologik ta‘rifiga ko‘ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin 
davomiyligiga ko‘ra kayfiyatga yaqin bo‘lgan his- tuyg‘ular boshdan 
kechirilishining alohida shakli bo‘lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati 
(inglizcha «
stress»
– tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan yoxud 
hissiy zo‘riqishdan ibo- ratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa 
bo‘lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o‘xshash vaziyatlarda ro‘y 
beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim kanadalik 
fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo‘yicha «stress – inson organizmiga 
qo‘yilgan ortiqcha talabdir»
12

Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari keskin tarzda o‘zgaradi, 
qo‘zg‘alishning umumiy reaktsiyasi paydo bo‘ladi, harakatlari tartibsiz ravishda 
amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaktsiyaga olib keladi
natijada sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida 
12
Селье Г
. Стресс и дистресс. – М., 1999. – С. 25.


101 
fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomondan qariyb ko‘zga tashlanmasligi mumkin, 
biroq muammoni echishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni 
stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs stress holatida telefon 
raqamini adash- tiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati engil 
buziladi, idrok ko‘lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin