Frustratsiya
kishi maqsadga erishish yo‘lida bartaraf etib bo‘lmaydi deb
hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch
kelgan hollarda yuz beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va o‘zini anglashida turli
xil o‘zgarishlarga olib keladi. Frustratsiya holati shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘yishi,
ya‘ni jabrlanuvchi jinoyatchiga qarshilik ko‘rsata olmaganida, jinoyatchi ko‘zlagan
maqsadiga erisha olmaganida, kutilmaganda turli to‘siqqa duch kelganida
namoyon bo‘ladi
13
.
Iroda
kishining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni
engib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va
o‘z-o‘zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-
atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilana- digan
alohida turidir. Shu ma‘noda iroda to‘siqlarni engib o‘tishga qaratilgan aqliy,
maqsadga yo‘naltirilgan psixik faollik bo‘lib, maqsadga intilishda sodir bo‘ladi va
instinktlar manbaida shakllanadi.
Irodaviy faoliyatda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zi
nazorat qiladi.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‘z ehtiyojlariga
ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo
bo‘ladi.
Iroda o‘zaro bog‘liq ikki vazifaning bajarilishini ta‘min- laydi. Birinchisi –
undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar.
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta‘minlanadi. Taqiqlovchi vazifasi
faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini jilov- lashda namoyon bo‘ladi.
13
Левитов Н. Д
. Фрустрация – один из видов психических состояний // Вопросы психологии. –
2000. – № 6. – С. 120.
102
Kishining harakatga undovchi mayllari ma‘lum bir yo‘lga solingan tizimni –
oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib,
to ma‘naviy, estetik va intellektual his-tuyg‘ularni boshidan kechirish bilan
bog‘liq, yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar ierarxiyasini tashkil etadi.
Irodaning undovchi va taqiqlovchi funktsiyalari bir butun holdagina shaxsning
maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta‘minlaydi.
Odamlar qilgan ishlari uchun mas‘uliyatni kimga yuklashga moyil bo‘lishiga
qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun
mas‘uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni shaxsiy
kuch-g‘ayratlari va qobiliyatlariga bog‘lashini belgilaydigan sifatlar
nazoratni
lokallashtirish
deyiladi (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi» degan atama
qo‘llaniladi, lotinchada «lokus» – «o‘rnashgan joy» va frantsuzchada «controle» –
«tekshirish» degan ma‘nolarni anglatadi). O‘z xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi
omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo‘ladigan
odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi
to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Muxandis
xodimlarida
irodaviy
fazilatlarni
shakllantirish
faoliyat
samaradorligini ta‘minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis xodimlari
o‘z kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, ba‘zan xizmat
faoliyatlarida maqsadga erishish uchun to‘sqinlik qiladigan turli to‘siqlarga duchor
bo‘ladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va to‘siqlarni engishga
undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari muhimdir. Irodaviy
ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘yilgan vazifani
bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlarni kiritish katta yordam
beradi.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:
1)
irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan
boshlash;
2)
qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma‘lum maqsadga erishish
uchun amalga oshirilishini tushunish;
103
3)
qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi;
4)
maqsadga erishish bosqichlarini ko‘ra olish juda muhimdir.
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan
boshlash kerak. Dastlab unchalik katta bo‘lmagan qiyinchilikni, vaqt o‘tishi bilan
kattaroq qiyinchilik- larni muntazam ravishda enga borib, kishi o‘zining irodasini
mashq qildiradi va chiniqtiradi.
Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning o‘rni
beqiyosdir. Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash
qobiliyati faoliyat samaradorligini ta‘minlovchi omillardan biri sanaladi.
Xodimning hissiy-irodaviy turg‘unligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
–
ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar
tug‘diruvchi psixologik reaktsiyalarning yo‘qligi;
–
psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato
bajarish;
–
kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga
nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish.
Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘z
xatti-harakatlarini boshqara olishi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishiga
bog‘liq. Shuningdek, muxandisxodimlarining o‘zlarini irodaviy boshqara olishi,
murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan
belgilanadi. Ya‘ni xodim o‘zini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarni yo‘q
qilishi, o‘zida ishonch hissini uyg‘otishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun
kuchini qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning asosiy sifatlaridan
sanaladi.
Xodim o‘zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi
uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining
pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi
barchaga ma‘lum.
Shu bois xodimlarning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va
usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat
104
faoliyatida kuchli irodaga ega bo‘lgan, o‘z hissiyotlarini boshqara oladigan,
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o‘zining jismoniy va
aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan xodim ko‘proq muvaffaqiyatga
erishadi.
Shu ma‘noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham xodimning
o‘z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy salohiyatining
ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga yordam beradigan
alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.
Psixologiya fanning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning o‘ziga
xos sifatlari, ya‘ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan
mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning
psixo- logik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib
kelgan.
Temperament
lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib,
«aralashma» degan ma‘noni anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki
ta‘limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan)
yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda
Psixikaning individual jihatdan o‟ziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik
ko‟rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.
Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya‘ni
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik,
melanxolik) ramziy ma‘noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib
kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan
xarakterlanadi)
sangvinik
temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» so‘zidan
olingan); limfa ko‘p bo‘lganda
flegmatik
temperament (grekcha
«flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganligini
holerik
temperament (grek tilidagi «hola» – «o‘t» so‘zidan olingan); qora o‘t ko‘p
bo‘lganda
melanxolik
temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o‘t») deb
ataladi.
Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos
bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
105
Psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan hodisalarga tez munosabat
bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni
nisbatan engil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo‘lgan kishi
Dostları ilə paylaş: |