117
Kasbiy axborot - ma‘lum bir kasbni egallash xoxishi bo‘lgan shaxsga, turli
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o‘sish
imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning
shakllanishiga, shaxsning istak va ko‘nikmalariga quyilgan talablar hamda
zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘plash,
targ‘ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turini o‘zgartirishda yordamga
muhtoj bo‘lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari,
kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog‘ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish
asosida psixologik-maslaxatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o‘zaro muloqot
tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik
darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari
(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo‘lgan psixofiziologik me‘yoriy talablar (saralash)
asosida shaxsni har tomonlama o‘rganish tizimidir. Moslashish - ishlab chiqarishda
kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni
moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-
sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.
Dostları ilə paylaş: