o‘xshashligini
tushunishi holatida ifodalanadi. SHunday
qilib,
o‘zini anglash
yoki «Men-konsepsiyasi» – bu individning o‗zi haqidagi
tasavvurlarning takrorlanmas tizimi sifatida kechiriladigan nisbatan barqaror u
yoki bu darajada anglanganlikdir, uning asosida individ boshqa odamlar bilan
o‗zaro aloqalarini o‗rnatadi va o‗ziga munosabat bildiradi. «Men-konsepsiyasi» –
bir butun bo‗lsada, lekin ichki qarama-qarshiliklardan holi emas, o‗ziga nisbatan
61
mayl sifatida namoyon bo‗ladigan va quyidagi tarkibiy qismlardan iborat shaxsiy
Men
obrazi
bo‗lib hisoblanadi:
kognitiv
– o‗z sifatlari, layoqatlari, tashqi
ko‗rinishi, ijtimoiy ahamiyatliligi va h.k.lar obrazi;
emotsional
– o‗zini hurmat,
o‗zini yaxshi ko‗rish, o‗zini kamsitish va h.k.;
baholash-irodaviy
– o‗ziga berilgan
bahoni ko‗tarishga, hurmatga sazovor bo‗lishga va h.k.ga intilish. «Men-
konsepsiyasi» – ijtimoiy o‗zaro ta‘sir sharti va oqibati ijtimoiy tajriba bilan
aniqlanadi. Uning tarkibiy qismlari:
real Men
(o‗zini hozirgi hozirgi zamonda
tasavvur etish),
ideal Men
(uning fikricha, ahloqiy qoidalarga rioya qilgan
sub‘ekt kim bo‗lishi),
dinamik Men
(sub‘ekt qanday bo‗lishni xohlashi),
xayoliy
Men
(imkoniyat bo‗lsa, sub‘ekt qanday bo‗lib qolishni istashi) va boshqalar.[1]
I.S. Kon «Men» tushunchasiniindividga o‗zini anglashnigina emas, balki, o‗z
faoliyatini ongli yo‗naltirish va boshqarish imkoniyatini yaratuvchi faol-ijodiy,
integrativ muqaddima sifatida ochib bergan holda, bu tushunchaning ikki
tomonlama xususiyatga ega ekanligini ta‘kidlab o‗tadi. O‗zini anglash ikkilangan
«Men»ni o‗z ichiga oladi: 1) «Men» tafakkur sub‘ekti sifatidagi, refleksga ega
«Men» – faol, harakatchan, sub‘ektga tegishli, ekzistensial «Men»; 2) «Men» idrok
qilish va ichki sezgi ob‘ekti sifatida – ob‘ektga tegishli, refleksga ega, noyob
hodisaviy, «Men» darajasi yoki «Men» obrazi «Men» tushunchasi, «Men-
konsepsiyasi».
Refleksga ega «Men»
kognitiv chizma
dan iborat bo‗lib, uning yordamida
individ o‗zining ijtimoiy persepsiyasini va boshqalar haqidagi tasavvurlarini
tuzadi. Kognitiv chizma ikkita tizimnio‗z ichiga oladi: shaxsiy va ijtimoiy
o‗xshashlik. Shaxsiy o‗xshashlik jismoniy, intellektualva ahloqiy qirralar
atamalaridagi o‗z yo‗nalishini belgilashga kiradi. Ijtimoiy o‗xshashlik alohida
o‗xshashliklardan tashkil topib,odamning turli ijtimoiy guruhlar: irq, millat, sinf,
jins va h.k.larga mansubligi bilan belgilanadi.Shaxsiy o‗xshashlik bilan bir qatorda
ijtimoiy o‗xshashlik o‗zini anglash va ijtimoiy hulq-atvorning asosiy
boshqaruvchisi bo‗lib hisoblanadi.
«Men-konsepsiyasi» faqat anglanadiganlarni o‗z ichiga olgani uchun uni
ongli kognitiv idrok va individning o‗zini o‗zi baholashi, ya‘ni, o‗zi haqida fikr va
mulohaza bildirishi sifatida aniqlash mumkin.[2]
62
Ko‗pchilik chet ellik mualliflarning U. Xyuit tomonidan umumlashtirilgan
qarashlariga ko‗ra, «Men-konsepsiyasi» bir necha tarkibiy qismlarni o‗z ichiga
oladi.
Dostları ilə paylaş: |