54
ichki shart-sharoitlar mahsulidir.
A.V.Petrovskiyning quyidagi ta‘rifini shaxsning psixolo- gik ta‘rifi sifatida
qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan,
jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi
odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o‘zgartiruvchi sub‘ektga aylanadi».
Ko‘rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan
yondashib, unga har xil ta‘rif berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta‘rif berish mumkin.
«Shaxs o‟z menligini anglagan, o‟zgalar bilan o‟zaro munosabatlarga kirisha
oladigan tabiat va jamiyatga faol ta‟sir o‟tkaza oladigan har qanday individ».
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib
chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu- nish bo‘yicha quyidagi
xulosalarga kelish mumkin.
1)
jamiyatning a‘zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir individ
shaxsdir;
2)
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan murakkab
individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs
xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida,
xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi;
3)
odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida
shaxs sifatida shakllanadi.
4)
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‘lgan
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o‘rganish
mumkin.
Ushbu xulosalardan muxandis faoliyatida amalda foydalaniladigan bo‘linsa,
shaxs muammosini o‘rganishning ikki tendentsiyasi («tendentsiya lotincha so‘z
bo‘lib, «intilish», «g‘oya», «fikr», «mayl», «tamoyil» degan ma‘nolarni anglatadi)
birli- gini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: