52
2.3. Psixologiyada «shaxs» tushunchasi va shaxs ijtimoiylashuvi muammosi
«Shaxs» tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo‘nalishda
bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya
o‘rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o‘laroq,
shaxsning ichki
dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy- irodaviy
holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Psixologiya fanida
shaxs muammosini o‘rganish bo‘yicha turli nazariyalar mavjud bo‘lib, ularga
biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik,
kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik
kabi qarashlar, yondashuvlar qiradi.
Biogenetik nazariya
negizida insonning biologik
rivojlanishi bosh omil
sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat
kasb etadi, ular bilan o‘zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan,
taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinantlarga (aniqlovchilariga)
qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial- psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Taraqqiyot jarayonining o‘zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichi
sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E.
Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo‘lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti
nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan
darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq, inson organizmining individual va tarixiy
taraqqiyoti munosabatlarini tushunti- rishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko‘ra, shaxs psixologiyasining
individual
taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy
bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko‘rinishi Z.Freydning shaxs
talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta‘limotiga binoan, shaxsning barcha
xatti-
harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan,
ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog‘liqdir. Bunga o‘xshash
biologizatorlik omillari inson xulqini
belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Dostları ilə paylaş: