O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

2.2. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash 
Maktabgacha bolalik.
Xammaga ma‘lumki bolalar o‘z
 
o`yinlarida
 
kattalarga 
taqlid qilishadi va ular xarakatlari va faoliyatlariga o‘xshatishga intilishidadilar. 
Maktabgacha yoshda sujetli - rolli o`yinlar keng tarqalgan bo‘lib, ular kasbiy 
yo`naltirilgan xarakatlarga ega bo‘ladi. Bolalar shifokori, sotuvchi, tarbiyachi, 
transport vositasining xaydovchisi rollariga kirishib o`ynaydilar. Kelgusi kasbiy 
o‘zlikni anglashda birinchi mehnat sinovlari muhim ahamiyatga ega - unga 
murakkab bo‘lmagan, ya‘ni kiyim, o‘simliklar parvarishi, xonalarni yig‘ishtirish va 
boshqa xarakatlarni bajarish kabilar kiradi. Bu mehnat xarakatlari mehnatga 
bo‘lgan qiziqishni rivojlantiradi, xar qanday faoliyatga ijodiy yondashish tarbiya 
asosini tashkil etadi, kattalar mehnati haqida bolalarning tasavvurlarini boyitadi. 
Kelgusidagi kasbiy o‘zlikni anglashga kattalar mehnati xakidagi bilimlar ijobiy 
ta‘sir kursatadi. Bu bilimlarning shakllanishi uchun kattalar mehnatini kuzatib, 
keyin bajarilgan mehnat mazmunini tasvirlashga to`g‘ri keladi. Kasbiy rolli 
o`yinlar oddiy mehnat turlarini bajarish, kattalar mehnatini nazorat qilish natijasi - 
mehnat turlarini farqlash xamda turli xisoblarni taqqoslash asosida maktabgacha 
tarbiyalanuvchilarining ―o‘zini anglashidir‖. Kichik maktab yoshi. Kichik maktab 
yoshidagi bolalarning psixologik xususiyati bu kattalarga taqlid qilishdir. Shundan 
ularga qadrli bo‘lgan insonlar kasblariga taqlid qilishi kelib chiqadi. 
O‘qituvchilarga, ota- onalariga, qarindoshlariga, yaqin tanishlariga bundan o‘ziga 


48 
xos induktsiya kuzatiladi. Bu yoshdagi bolalarning ikkinchi muhim xususiyati – 
yutuqlarni avvalambor etakchi faoliyatda ya‘ni o‘qishda anglaydilar. Bolaning 
o‘qish, o`yin, mehnat faoliyati tajribasi asosida o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini 
anglashi istalgan kasb haqida tasavvur shakllanishiga olib keladi. Kichik maktab 
yoshining oxirlarida qobiliyatlarning rivojlanishi bolalar o‘rtasida individual 
farqlarning sezilarli darajada rivojlanishiga olib keladi va kasbiy tanlov 
aspektlarini kengaytiradi. 
O‟smirlik davri - bu birinchi ambivalent optatsiya davri. 
O‟spirinlik shaxs shakllanishining mas‟uliyatli davrlaridan biridir. Bu yoshda xar 
xil kasb turlariga ma‟naviy munosabat asoslari, shaxsiy kadriyatlar tizimi 
shakllanadi. Ular o‟smirlarning turli kasblarga nisbatan tanlovli munosabatini 
belgilab beradi. 
Kattalar xulqining tashki shakllariga taqlid etib, o‘smir bolalar 
kuchli,
 
irodali, jasur bo‘lgan ―Xaqiqiy erkaklarning‖ romantik kasblarga
 
qiziqishlarini yunaltiradilar (uchuvchi, kosmanavt, avtopoygachi, va x.k).
 
Qizlar 
esa o‘z qiziqishlarini ―haqiqiy ayollarga‖ jozibali, go‘zal va mashxur
 
ayollarga 
yo`naltiradilar (mashxur estrada qushiqchisi, teleboshlovchi, modeler,va x.k). 
romantik kasblarga yo`nalishi ommaviy axborot vositalari ta‘sirida
 
shakllanadi. 
Bunday romantik kasbiy yo`nalishning shakllanishiga shuningdek, o‘smirlarning 
o‘zini namoyon eta olishiga intilishi sabab bo‘ladi. Istalgan kasb namunalari
kasbiy orzular kasbiy shakllanishning

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin