|
boshlangich sinflarda matematikadan tenglama va tengsizliklarni organish metodikasi
alohida davlat ta’lim standarti talabalar va me’yoriy ko’rsatkichlari
belgilab qo’yiladi.
“Ta’lim to’g’risidagi Qonun hamda”, “Kadrlar tayyorlash“ Milliy dasturining
qabul qilinishi munosabati bilan umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan
boshlang’ich ta’limning ham mavqei o’zgardi.
Zamonaviy boshlang’ich ta’lim jarayonida bolalari rivojlantiruvchi
xarakterga ega bo’lgan ta’lim tizimi tadbiq qilinadi. Unda kichik maktab
yoshidagi bolalar o’z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy
taraqqiyot darajalari o’zlashtirish imkonini beradigan ta’limiy faoliyatga
kirishadilar. Qaysiki bu faoliyat bo’lib hisoblanadi. Kichik maktab yoshdagi
bolalarda o’qish hamda o’rganishga qaratilgan faoliyatning shakllanishi
muhim ahamiyatga ega
10
Mamlakatimizda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab
matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki, bosqichi sifatida qaraladi .
Shu sababli boshlang’ich sinflarda o’rta maktabda matematika o’qitishda
ko’zda tutiladigan masalalarni hisoga olish va bu masalalarni hal etishda
boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak.
O’rta maktab matematika dasturiga taalluqli ko’pgina masalalar,
tenglik va tengsizliklar boshlang’ich sinflardayoq shu darajada mustahkam
o’ztirilishi kerakki bunda ular o’quvchilar ongi va xotirasida bir umr
saqlanib qolsin.
Boshlang’ich ta’limning muhim masalalaridan biri o’quvchilarda ongli va
mustaqil mustahkam hisoblash (avtomatizm darajasiga yetgan) malakalarini
shakllantirishdan iborat edi va shunday bo’lib qoladi. Matematika kursi
o’quvchilar kuchi yetadigan darajada o’quv materialini umumlashtirishni,
o’rganilayotgan matematik faktlar asosida yotuvchi umumiy tamoyil va
qonuniyatlarni tushunishi va qarab chiqiladigan hodisalar orasida mavjud
bo’lgan bog’lanishlarni tushunishni ham nazarda tutadi.
Bu asosan amallarning xossalarini, ular orasidagi bog’lanishlarni
o’rganishga , noma’lum tushunchasini o’rganishni, o’quvchilarda
shakllanayotgan amaliy o’quv va ko’nikmalarning asosi bo’lgan matematik
munosabat va bog’lanishga taalluqlidir. Bu nazariy, amaliy o’quv
ko’nikmalarini egallashga yordam beribgina qolmay, nazariy va amaliyotning
qarab chiqilayotgan masalalari orasida
matematik munosabatlarni o’rnatishga, matematika o’qitish samaradorligini
oshirishga o’qituvchiiga yordam beruvchi asosiy vositalardan biridir.
Yuqorida sanab o’tilgan hamma masalalarni yechish mazmuni samrali
tanlanganda, uni bayon qilish o’ylangan sistemada bo’lganda va o’qitishning
tegishli usul va shakllarini hamda o’qitish vositalarini bilib tanlab olganda
amalga oshiriladi. Shu ma’noda boshlang’ich ta’lim, ta’lim tizimini tashkil
etuvchi muhim sohadir. Boshlang’ich ta’limning samaradoligi o’quvchilarda
o’ziga xos tarzda tarkib topgan ta’limiy faoliyatning shakllanishi darajasiga
|
|
|