|
boshlangich sinflarda matematikadan tenglama va tengsizliklarni organish metodikasi
tenglama va tengsizlik haqidagi boshlang’ich tasavvurlar
shakllantiriladi. Tenglik, tengsizlik va tenglama haqidagi
birinchitasavvurlarni bolalar tayyorgarlik davridayoq oladilar. Sonlar
va ular ustidagi amallarni belgilaydigan matematik simvol(belgi)
larning ma’lum qoidalar bo’yicha tuzilgan ketma –ketligi matematik
ifoda deb ataladi. Ushbu ko’rinishidagi yozuvlar sonli ifodalardir.
14+2, 6-4, 5*3-7, 8+5*3, (13+7)-6+2…
Matematika dasturida o’quvchilarni matematik ifodalarni yozish va o’qishga
o’rgatish, amallarning bajarilish tartibi, qoidalari bilan tanishtirish,
hisoblashlarni bajarishda ulardan foydalanishga o’rgatish ko’zda tutilgan. Bu
ta’lim samaradoligini oshiradi.Ikki to’plam orasidagi o’zaro bir qiymatli
moslik o’rnatish, bir xil miqdorda bo’lmagan narsalar guruhlarini bir xil
miqdordagi narsalar guruhlariga (ikki usul bilan ) aylantirish guruhlarini bir
xil miqdor bo’lmagan narsalar guruhlariga (ikki usul bilan) aylantirish bilan
“katta”, “kichik”, , “kam” “teng” tushunchalari mustahkamlanadi.
Bu ish birinchi sinfning o’zidanoq boshlanadi, unda “darchali” misollarqarab
chiqiladi. Bu tushuncha nafaqat birinchi sinfda darchali misollar orqali, balki
o’quvchilar hali maktabga bormaslaridanoq og’zaki mashqlar (savol-javoblar),
13
o’yinlar orqali ham kiritiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, qishloq va
mahallalarda bolalar to’p-to’p bo’lib olib o’yinlar tashkil qiladilar.Ular o’zaro
savol-javoblar orqalisuhbat o’kaziladilar. “Nodira qani ayt-chi, menda 4ta
o’yinchoq bor. Dadam menga yana bir nechta o’yinchoq obergandan keyin
mening o’yinchoqlarim 8ta bo’ldi. Dadam menga neta o’yinchoq olib
keldi?”
Bu kabi misollardan yana bir qanchasini keltirishimiz mumkin: “menda 3ta
olma bor edi. Akam bir nechta olma bergandan keyin mening olmalarim 5ta
bo’ldi. Akam menga yana nechta olma berdi?”
“Umidjonda bir necha qalam bor edi. Onasi unga yana 5ta qalam sovg’a qildi.
Umidjonda hammasi bo’lib nechta qalam bo’ldi?
Bolalar bu ko’rinishdagi o’yinlarni sinfdan va maktabdan tashqari hollatlada
juda ko’p qaraydilar .Bunday holatlarda noma’lumlar va predmetlar turli xil
bo’lishi mumkin. Bu bolalarning nimalarga qiziqishlari va sonlarni qay
darajada bilishlariga bog’liq. O’qituvchining vazifasi mana shu jarayonni har
bir amal bo’yicha turli xil variatlarda rivojlantirishdan iboratdir.
Og’zaki savol –javoblargaasoslanib yuqoridagimasalalarga quyidagi ifodalar
4+x=8, 3+x=5, x+5=9 tuziladi.
Boshlang’ich sinflarda (Isinflarda )bu ko’rinishdagi har qanday misol tanlash
yordamida yechiladi, lekin bolalarning savol – javoblaridagi misollar o’zlarida
to’g’ridan – to’g’ri og’zaki yechiladi.
Tanlash yordamida quyidagicha yechiladi:
4+x=8 Oldin 1ni qo’yib ko’ramiz , 1to’g’ri kelmaydi, chunki 4+1=5. 2va 3ni
qo’yib ko’rganda ham to’g’ri kelmaydi. 4ni qo’yib ko’ramiz, to’g’ri keladi,
chunki 4+4=8.
Tanlash yodamida 4aniqlangandan keyin, amal komponentlari yordamida
Dostları ilə paylaş: |
|
|