O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 312,5 Kb.
səhifə12/29
tarix02.01.2022
ölçüsü312,5 Kb.
#38108
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Shoira normatova jahon adabiyoti

ROMANTIZM

Romantizm (frans. romantisme) — XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmidagi Yevropa va Amerika adabiyotidagi yo'nalish. Boshda romantizm so'zi lirik va qahramonlik qo'shig'i — romans ma'nosini anglatgan, keyin esa ritsarlar to'g'risidagi yirik epik dostonlar shu nom bilan ritsarlik romanlari deb atala boshlagan. XVIII asrda Angliyada O'rta asrlar va Uyg'onish romantizm deb nomlanadi hamda she'riyatning asosiy unsuri hisoblanadi.

XVIII asr oxiriga kelib bu atama Germaniyada va XIX asr boshlarida Fransiyada o'z davri yangi adabiyotini anglatish uchun qo'llana boshlaydi. Keyinchalik ajoyib fantastik, sirli, sarguzashtga oid barcha narsa ana shu so'z bilan atala boshladi. Bir qator boshqa Yevropa mamlakatlarida romantizm o'zini klassitsizmga qarshi qo'ygan badiiy oqim tusini oladi.

Ushbu yo'nalish vakillari o'rta asrlar san'atini ulug'lagan holda yangi davr san'atini ham inkor qilmadilar. Ular Dante, Shekspir, Servantes va Gyotelar timsolida buyuk romantiklarni ko'rardilar. Romantiklar san'atning asosiy xususiyatini insonning ichki olamiga e'tibor berish, ruhiyatidagi tushunish mushkul bo'lgan, ongdan tashqari holatlarga urg'u berishda deb bilardilar. Romantizmning tasvir obyekti ijodkorning orzu-ideallarini namoyish etuvchi xayoliy obrazlardir.

Romantizm ma'rifatchilik oqimidan keyin vujudga kelgan adabiy metod bo'lib, o'z atrofidagi voqelik va hayotdan qanoatlanmay, boshqa real voqelikdan yuqoriroq va ideal, pokiza voqelikni orzu qilish, inson va jamiyatni mukammalroq ko'rish istagini o'zida mujassam qiladi.

Romantiklar badiiy shaklni yangiladilar, tarixiy roman, fantastik qissa, liro-epik doston janrlarini yaratdilar, sahnani isloh qildilar. Romantizm davrida, ayniqsa, she'riyat rivojlandi, she'riy shaklning imkoniyatlari kengaytirildi.

Romantizm metod sifatida Germaniyada aka-uka Shlegallar va E.Gofman, Fransiyada V.Gyugo va de Stal, Angliyada Bayron va Shelli, Italiyada J.Leopardi va AMandozni, Norvegiyada G.Ibsenning ilk ijodi, Polshada A.Miskevich va Yu.Slovaskiy, AQSHda F.Kuper va G.U.Lonfello, Rossiyada A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.V.Gogol ijodida o'z xususiyatlarini namoyon qildi.


Yüklə 312,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin