O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 312,5 Kb.
səhifə17/29
tarix02.01.2022
ölçüsü312,5 Kb.
#38108
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Shoira normatova jahon adabiyoti

MODERNIZM

Modernizm fransuzcha moderne (zamonaviy, eng yangi) so'zidan olingan bo'lib, XX asrning 20- yillarida vujudga kelgan badiiy estetik tizimni anglatadi. Shu davrdan boshlab XIX asr san'atidan farq qiluvchi yangi san'at shakllana boshlaydi.

Modernizmning vujudga kelishiga Shopengauyer va Nitsshe irrasional falsafasi, Bergson intuitivizmi, E. Gusselning fenomenologiyasi, Freyd va Yung psixoanalizi, Xaydegger, keyinroq Sartr va Kamyu ekzistensializmi, Franfurkt maktabi ijtimoiy falsafasi g'oyalari asos bo'lib xizmat qildi. Modernizm ma'lum ijtimoiy davr mahsuli edi, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida jamiyat hayotida yuz bergan ijtimoiy va ma'naviy tushkunlik (bu dekadentlik atamasi bilan nomlanadi) adabiyot va san'atga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Modernizmning paydo bo'lishi bir tomondan jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga norozilik ifodasi edi, zero ular ijtimoiy o'zgarishlar, inqilob-u to'ntarishlar bilan insonni baxtli qilib bo'lmasligini anglab yetdilar; modernizm oqimining g'oyaviy asosini tashkil qiluvchi falsafa insonning ijtimoiy tomoniga emas, ruhi, qalbiga asosiy e'tiborni qaratdi.

Modernist o'zlaridan oldingi falsafani narsalar falsafasi bo'lgani uchun tanqid qiladilar, falsafa diqqat markazida inson turishi lozim, degan fikrni ilgari suradilar, insonning asl hayoti real voqelikdagi emas, ko'ngildagi, ongdan tashqari, aql-idrokka bo'ysunmaydigan hayoti deb biladilar. Ayni paytda ular an'anaviy shakldan ham qoniqmaydilar; XIX asr realizmi va romantizmi uchun xos bo'lgan qolip tusini olgan shakl va usullarni takrorlash, naturalizmning voqelikdan passiv nusxa ko'chirishi, badiiy ijodda akademizmga qarshi isyon ko'tardilar.

Ushbu yo'nalish tarafdorlari an'anaviy shakl hozirgi zamon voqeligini ko'rsatishga ojizlik qilib qolgan, deb hisoblaydilar. Ruh-qalb hayotini alohida qadrlovchi modernistlar, endi realistik usul va vositalar inson qalbining yashirin tublariga kirish, uni bor bo'yicha, ro'y-rost tasvirlash uchun ojizlik qilib qolgan, deb hisoblaydilar.

XX asr adabiyotida modernistlarning shakl bobidagi izlanishlarini aks ettiruvchi ko'plab oqimlarni ko'rsatish mumkin.

Futurizm — lotincha (futurum) so'z bo'lib, «kelajak» ma'nosini anglatadi. Bu oqimning maqsadi kelajak san'atini yaratishdan iborat edi. Futuristlar san'at tamomila erkin bo'lishi kerak, deb hisoblardilar, o'tmish san'atini inkor qilardilar. Futuristlar yozish texnikasiga alohida e'tibor beradilar, poetik qonuniyatlarni buzadilar.

O'zining bir qancha ziddiyatli jihatlariga qaramasdan futurizm V.Xlebnikov, Pasternak kabi shoirlar ijodiy yo'nalishlarining shakllanishida katta rol o'ynadi, shakl bobidagi dadil tajribalariga asos bo'ldi.




Yüklə 312,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin