O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Tiristorli – kommutator sinxron motor tizimi bo‘yicha elektr yuritma



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   182
6.6.2. Tiristorli – kommutator sinxron motor tizimi bo‘yicha elektr yuritma. 
O‘rta va katta quvvatli ventilli motorlarda odatda elektrmagnit 
qo‘zg‘atishli oddiy konstruksiyaga ega bo‘lgan sinxron motorlar ishlatiladi. Katta 
quvvatli motorlar 6 kV yoki 10 kV kuchlanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuning 
uchun ventilli kommutator sifatida boshqariladigan to‘g‘irlagich VT1 va VT2 
invertordan tashkil topgan tiristorli o‘zgartirgich qo‘llaniladi (6.27- rasmga 
qarang). Invertor kommutator vazifasini bajaradi va uning qayta ulanishi rotorning 
holat datchiklari DR orqali amalga oshiriladi. Tiristorlar yarim boshqaruvli 
bo‘lganligi uchun ular boshqa elementlarga bog‘liq bo‘ladi va invertor motorda 
hosil bo‘ladigan E.YU.K. hisobiga kommutatsiyalanadi (ulanadi). Bu E.YU.K. esa 
rotorning aylanadigan elektrmagnit maydonining stator chulg‘amiga ta’sir 
etishidan yuzaga keladi. Invertor ventillarining ustivor ulanishini ta’minlash uchun 
ularning ochilish burchagini β burchakka tezlatish (oldinlatish) nazarda tutiladi. Bu 
burchak odatda 15
0
ni tashkil qilib, bunday burilish ventilli motor momentining bir 
muncha kamayishiga olib keladi 
M = kФ
0
I
1
sin (θ–β).
6.27 - rasm. Tiristorli kommutatorli motor sxemasi 


208 
Motorni qo‘zg‘atish VTL qo‘zg‘atgich orqali amalga oshiriladi. O‘zgarmas 
tok zanjiriga kattagina induktivlikka ega bo‘lgan L drosselni kiritish hisobiga VT1 
-VT2 o‘zgartirgichlari tok manbai sifatida ishlaydi va ularning kattaligi (tokning 
kattaligi) VT1 to‘g‘irlagichi yordamida chiqish kuchlanishini impuls – fazali 
rostlash usuli bilan rostlanadi.
I
1
 = 

Bu yerda: 
- stator chulg‘amlari ekvivalent qarshiligi
– to‘g‘irlagich manbasi kuchlanishi; 
– qo‘zg‘tish chulg‘ami hosil qiladigan rotor oqimi. 
Tok kattaligini rostlash yo‘li bilan motordagi moment qiymatini o‘zgartirish 
mumkin. Ko‘rilayotgan turdagi elektr yuritmalarda tezlikni rostlash odatda tezlikni 
rostlashning tashqi konturini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi (6.28 - rasm). 
Bunda ventilli motorlarning mexanik xarakteristikalari (6.29 - rasm) TO’-D 
tizimidagi mexanik xarakteristikalarga o‘xshash bo‘ladi. 
Ushbu sxemada kiruvchi to‘g‘irlagich boshqariladigan bo‘lgani uchun 
motorning E.YU.K. 
>
bo‘lganda rekuperativ tormozlash 
rejimini qo‘llash mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin