O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   182
11.5.
 
Takrorlash uchun savollar. 
1.
Elektr yuritmaning elektrik ko‘rsatkichlarini ayting. 
2.
Ishlab chiqariladigan elektr energiyaning qancha qismi uni elektr yuritma 
orqali elektrmexanik energiyaga aylantirish uchun sarflanadi? 
3.
Elektrmotorning qizish vaqti doimiysi tushunchasiga ta’snif bering? 
4.
Qizish vaqt doimiysi motorni sovutish usuliga qanday bog‘liq bo‘ladi? 
5.
Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgich qurilmasining F.I.K. qanday parametrlar 
bilan aniqlanadi? 
6.
Motor to‘liq yuklanmaganda uning Cosφ ko‘rsatkichi qanday o‘zgaradi? 
7.
Tiristorli o‘zgartirgich – TO’-D o‘zgarmas tok motori tizimi bo‘yicha 
yuritmaning Cosφ ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi? 


320 
8.
Rostlanmaydigan asinxron motor isrof o‘zgaruvchilari nimalardan iborat? 
9.
Qisqa tutashtirilgan asinxron motor va sinxron motorlarni yurgazishdagi 
energiya isroflari qanday aniqlanadi? 
10.
S2 qisqa vaqtli ish rejimi xarakteristikasini bering. 
11.
ПВ ulanish davomiyligi nima? 
12.
Nasos qurilmalarida elektr energiyasini ishlatishda samaradorlikni oshirish 
usullarini ayting. 
13.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositalari yordamida energiyani tejash 
yo‘nalishlarini sanab bering? 
12. ISHLAB CHIQARISH MEXANIZMLARINING 
AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMALARINI LOYIHALASH 
ASOSLARI. 
12.1.
 
Elektr yuritmalarga qo‘yiladigan umumiy talablar. 
Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transportda va xalq xo‘jaligining barcha boshqa 
soxalaridagi texnologik jarayonlarning asosini ishlab chiqarish mashinalari va 
mexanizmlari tashkil qiladi. Aksariyat ishlab chiqarish mashinalari 
avtomatlashtirilgan elektr yuritma bilan hamda elektravtomatik tuzilmalari bilan 
ta’minlangan. 
Texnologik jarayonlar o‘z mohiyati va qo‘llanish soxalariga ko‘ra turlichadir. 
Shuningdek ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari ham turlicha bo‘ladi. Biroq 
mashina va mexanizmlarning bajarish vazifasiga, ishlash prinsipiga qarab alohida 
guruhlarga ajiratishimiz mumkin. 
Bunday mashinalarga quyidagilar kiradi. 
- turbomexanizmlar: nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar; 
- yuk ko‘taruvchi mashinalar: kranlar, liftlar, shaxta yuk ko‘targichlari; 
- transport mashinalari: konveerlar, transportyorlar; 
- metallga ishlov berish dastgoxlari
- qaytarma – ilgarilanma xarakatli mashinalar: porshenli mashinalar (nasoslar,
kompressorlar, presslar); 


321 
-ekskavatorlar; 
- prokat (jo‘valash) stanlari. 
Bu yerda sanoat soxasining asosiy jabxalarida keng ko‘lamda ishlatiladigan 
ishlab chiqarish mashinalari sanaladi. Shuning uchun ularni andozaviy ishlab 
chiqarish mashinalari deb atashimiz mumkin. 
Elektr yuritmaning ish rejimiga hamda unga qo‘yiladigan talablarga texnologik 
jarayonning xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi. Texnologik jarayon xarakteriga ko‘ra 
barcha mashina va mexanizmlarni ikkita katta guruhga bo‘lishimiz mumkin: 
uzluksiz ishlaydigan mashina va mexanizmlar; davriy ishlaydigan mashina va 
mexanizmlar . Birinchi guruhdagi mashinalar to‘xtovsiz ishlaydi. Ikkinchi 
guruhdagilar esa davriy xarakterga ega bo‘lib, unda tez – tez o‘chirishlar, reverslar, 
tezlikni rostlash zaruratlari bo‘ladi. 
Elektr yuritmaga qo‘yiladigan talablar xar bir ishlab chiqarish mexanizmi uchun 
yoki bir guruh bir xil mohiyatli mexanizmlar uchun alohida shakllantiriladi. 
Ammo, barcha mexanizmlar elektr yuritmalariga qo‘yiladigan umumiy talablar 
ham bor.
Bunday talablarga quyidagilar kiradi: 
1.
Berilgan texnologik jarayonni ta’minlash va kerakli samaradorlikka erishish. 
2.
Ishlab chiqarish mexanizmlarini yurgazish va to‘xtatishning kerakli 
shartlarini yaratib berish. Kerak bo‘lganda reverslash va tezlikni rostlashni 
ta’minlash. 
3.
Dinamik va zarbiy ortiqcha yuklanishlarni cheklash. 
4.
Elektr yuritmani boshqarish prinsiplari (qo‘lda, avtomatlashtirilgan dasturli). 
5.
Ishonchlilik talablari. 
6.
Konstruktiv himoyalangan, atrof – muhitni muxofazalash va klimatik 
bajarilish talablari. 
7.
Iqtisodiy ko‘rsatkich talablari: elektr yuritmaning tannarxi, elektr yuritmani 
ishlatish uchun elektr energiyasi narxi. 
8.
Ekologik talablar: shovqin darajasi; elektr energiyaning ta’minot tarmog‘iga 
ta’siri; 


322 
Shuningdek talablarda elektr ta’minoti parametrlari ham belgilanadi
(kuchlanish qiymati, chastota, ruxsat etilgan chetlanishlar). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin