O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Elektr yuritmalar tarkibidagi texnik qurilmalar -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   182
Elektr yuritmalar tarkibidagi texnik qurilmalar - 
Elektr yuritmalarning tarkibi 
asosini elektr motorlar tashkil etadi. Elektr motorlari o‘z navbatida o‘zgarmas va 
o‘zgaruvchan tok elektr motorlariga bo‘linadi. O‘zgarmas tok elektr motorlari 
magnit tizimining qo‘zg‘alishiga ko‘ra mustaqil, ketma – ket va aralash 
qo‘zg‘aluvchan turlarga ajratiladi. 


351 
O‘zgaruvchan tok elektr motorlari ham o‘z navbatida asinxron va sinxron 
motorlarga bo‘linadi. 
Tezligi va boshqa ko‘rsatkichlarni boshqarish va rostlash maqsadida elektr 
motorlar elektr tarmog‘iga boshqariluvchi o‘zgartgichlar vositasida ulanadi. 
Boshqariluvchi o‘zgartgichlar elektr motorlarning qanday tokda ishlashiga qarab 
o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokli boshqariluvchi o‘zgartgichlarga bo‘linadi. 
Umuman olganda boshqariluvchi o‘zgartgichlarni texnik ijrosiga ko‘ra, asosan, 
elektrmexanik, elektrik va parametrik turlarga ajratish mumkin.
O‘zgarmas tok kuchlanishi elektrmexanik o‘zgartgichlariga o‘zgarmas tok 
generatorlari, o‘zgaruvchan tok kuchlanishi elektrmexanik o‘zgartgichlariga esa 
sinxron va asinxron generatorlar kiradi. 
Elektrik boshqariluvchi o‘zgarmas tok o‘zgartgichlari - 
ularga, o‘zgaruvchan 
tok kuchlanishining o‘zgarmas tok kuchlanishiga o‘zgartiruvchi yarimo‘tkazgichli 
boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar, o‘zgarmas tok kuchlanishi impulsi kengligi 
rostlanadigan impuls kenglik o‘zgartgichlari kiradi.
Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar
– o‘zgaruvchan tok kuchlanishlarining qiymati 
boshqariladigan uzluksiz o‘zgarmas tok kuchlanishlariga o‘zgartiradi va bu 
o‘zgartirishlar to‘g‘rilagichlarning kuch sxemalaridagi tiristorlarning ochilish 
burchaklarini rostlash natijasida amalga oshiriladi.
Impuls kenglik o‘zgartgichlari
– bunday o‘zgartgichlarda o‘zgarmas qiymatdagi 
o‘zgarmas tok kuchlanishi beriladi va kuch sxemasidagi tiristorlar yoki 
tranzistorlarning kommutatsiya rejimida ishlashi natijasida chiqish qismida 
o‘rtacha qiymati rostlanadigan uzlukli o‘zgarmas tok kuchlanishi hosil qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin