72
Odatda motor rotori zanjiriga sektsiyalangan qarshilik kiritiladi. Bu
qarshilikning pog‘onalari esa yurgazish kontaktori bilan muvofiqlashtiriladi.
Reostatli yurgazish xarakteristikalarini (3.30) formula orqali hisoblash mumkin.
Bunda S
k
qiymati va yurgazish qarshiligining xar bir pog‘onasiga to‘g‘ri keladigan
R
2.kosh
inobatga olinadi. Qo‘shimcha qarshiliklarni ulash sxemasi hamda ularga
mos keladigan reostatli mexanik xarakteristikalari 3.8 - rasmda ko‘rsatilgan.
Mexanik xarakteristikalar motor ideal erkin ishlaganda uchrashish nuqtasiga ega,
bu esa stator elektromagnit maydoni aylanish tezligi
0
ga teng. Xarakteristika
ishchi qismining bikirligi rotor zanjiri umumiy aktiv qarshiligi r
2
+R
qosh
oshib
borishi bilan kamayadi. Motorni yurgazishda avval to‘liq qo‘shimcha qarshilik
kiritiladi. Motor momenti M
II
qarshilik momenti M
q
ga yaqinlashgandagi
qarshiligining bir qismi K
1
kontaktori bilan uziladi va motor R
λqosh.
qo‘shimcha
qarshilik kattaligidagi xarakteristikaga otadi. Bunda motor momenti
M
1
qiymatgacha oshadi. Motor keyingi tezlanishi bilan birga K
2
kontaktor bilan
yurgazish qarshiligining ikkinchi pog‘onasi tutashtiriladi. K
3
kontaktorining
kontaktalari ulanganda motor tabiiy xarakteristikaga o‘tadi va 1 nuqtaga tegishli
tezlik bilan ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: