O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 Asinxron motor iste’mol kuchlanishini o‘zgartirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182
3.2.6. Asinxron motor iste’mol kuchlanishini o‘zgartirish 
Asinxron motordagi magnit oqimning qiymati iste’mol kuchlanishga 
proportsional. Rotor E.Yu.K. va rotor toki qiymati esa stator kuchlanishiga 
proporsionaldir. Shuning uchun asinxron motor momenti shuningdek, maksimal 
moment U
1
kuchlanish kvadratiga proporsional bo‘ladi (3.21 va 3.24 ga qarang). 
Bu shart-sharoitlar asinxron motorni yurgazish paytida kuchlanishning ozgina 
bo‘lsa ham kamaytirish mumkin emasligini aniqlaydi. Agar yurgazish paytida 
kuchlanish 30% gacha kamayib ketsa, uning maksimal momenti 2 barobargacha 
kamayib ketadi. Buning natijasida motor arzimagan statik moment bilan to‘xtab 
qolishi va yurgazish toki ta’sirida qolib ketishi mumkin. Motorning bunday ish 
rejimi halokatli (avariyaviy) rejim deyiladi. Shunday holat motor yuklama ostida 
yurgizganda ham ro‘y berishi mumkin. Yuqorida aytilgan holatlar sust elektr 
zanjirlarida sodir bo‘lib, motor halokatiga ko‘proq olib keladi. Bundan 
himoyalanish uchun maxsus ximoya vositalaridan foydalanish maslahat beriladi. 
Shu bilan bir qatorda ba’zi hollarda motorni tezligini rostlash yoki motorni 
ravon yurgazish uchun statorga beriladigan kuchlanish ataylab kamaytiriladi. 


83 
Asinxron motorlar tezligini is’temol kuchlanishini o‘zgartirish orqali 
rostlash rotorning qizib ketishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday usul 
alohida hollarda qo‘llaniladi: 

Tezlikni nominal qiymatiga nisbatan sezilarsiz darajada kamaytirish 
imkonini bo‘lganda; 

Motor validagi momentni nominal qiymatga nisbatan kamaytirish yoli 
bilan; 

Yuqori sirpanishli motorlar ishlatilganda. 
Qisqa tutashtirilgan asinxron motor yuqori sirpanishga ega bo‘lganda stator 
kuchlanishini rostlash mexanik xarakteristikalarni ko‘rib chiqamiz. (3.13 - rasm) 
U
1
kuchlanish kamaytirilganda motorning kritik sirpanishi hamda erkin 
aylanish tezligi 

o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Motorning maksimal momenti M
k
esa 
taxminan kuchlanish kamayishining kvadratiga proportsional ravishda kamayadi. 
Mos ravishda motor mexanik xarakteristikasining bikirligi ham kamayadi. Tezlikni 
rostlash
0
0
(1- S
k
) oralig‘ida mumkin bo‘ladi.
Motor validagi moment M
s
=M
n
nominal momentga teng bo‘lib, o‘zgarmas 
qiymatga ega deb qabul qilaylik. Kuchlanishning U
12 
gacha kamayishi vaqtida 
motor 
0
(1- S
r
) ga teng bo‘lgan tezlik bilan hamda S
r
sirpanish bilan ishlaydi. 
Asinxron motor energetik diagrammasiga (3.37) asosan motor rotoridagi isroflar 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan sirpanish quvvati P

quyidagiga teng: 
P
s
= M
n* 
0 * 
S

va u shtrixlangan O abS
p
to‘rtburchak yuzasiga 
proporsionaldir. P
em
= M
q * 

elektrmagnit quvvat Oad1
yuzaga proporsionaldir. 
Shunda motor validagi foydali quvvat M
mex
= M
e * 
= M
e * 
0
(1- S
r
). S

cd1 
yuzaga proporsional bo‘ladi. Sirpanish quvvati (motor konstruksiyasi uning 
tarqalishiga mo‘ljallangan bo‘ladi) Oab S
n
yuzaga proporsional. Bu yuzani 
shtrixlangan (O abS
n
) yuza bilan O abS
r
solishtiramiz. O abS
r
yuza motor «c» 
nuqtasida ishlaganda rotordagi isroflarni bildiradi. U rotordagi nominal isroflardan 
taxminan 3 barobar kop. Tabiiyki motor uzoq vaqt davomida ushbu rejimda 
ishlaganda u qiziydi va motor ishdan chiqadi. Bunday holatdan qutilish uchun
ya’ni qizdirishsiz rostlash imkoniyati bo‘lishi uchun motor berilgan quvvatini 3 


84 
barobar oshirish kerak bo‘ladi yoki intensiv sovutishli mahsus konstruktsiyani 
qo‘llash kerak bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin