80
bo‘lishi hosdir. Katta sirpanishli sohaning
asosiy muammosi momentning
minimalligidir.
Sirpanishi oshirilgan motorlar biroz yumshoqroq bikirlikka ega bo‘lgan
mexanik xarakteristikalarni namoyon etadi. Ular quyidagi xollarda qo‘llaniladi: 2
va undan ortiq motorlar bitta umumiy val uchun ishlatilganda; yuklamasi davriy
o‘zgaradigan
mexanizmlar uchun; xarakat qarshiligini kinetik energiya hisobiga
yengish zarurati bo‘lganda; qisqa vaqtda qaytariladigan harakatli mexanizmlarda.
Yurgazish momenti oshirilgan motorlar yurgazish sharoitlari yuklamali
bo‘lgan mexanizmlarda ishlatiladi.
Kran-metallurgiya turkumidagi motorlar qisqa
vaqt ichida tez-tez ochirib
yurgizib ishlatiladigan mexanizmlarda qo‘llaniladi. Bu motorlar katta o‘ta
yuklanish qobiliyatiga, yuqori yurgazish momentiga va yuqori mexanik
mustahkamlikka ega bo‘lib energetik ko‘rsatkichlari pastroq.
Qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar mexanik
xarakteristikalarining
nazariy hisobi yetarli darajada murakkabdir. Shuning uchun mexanik
xarakteristikani taxminan 4 ta nuqta orqali ko‘rish mumkin: erkin aylanish holatida
(S=0); M
K
maksimal bo‘lganda; ishga tushirish momenti nominal bo‘lganda M
N
;
va ishga tushirish boshlanishida moment minimal bo‘lganda M
min
. Bu xarakterli
nuqtalarning berilganlari kataloglarga va motorlar bo‘yicha so‘rovnomalarga
kiritaladi. Qisqa tutashtirilgan asinxron motor mexanik
xarakteristikasi ishchi
qismning hisobi (sirpanish 0dan S
k
gacha bo‘lganda) Kloss formulasi bilan olib
borilishi mumkin. (3.27, 3.30). Chunki ishchi rejimda tokni yuzaga chiqarish
effekti deyarli sezilmaydi.
Dostları ilə paylaş: