O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 ELEKTR YURITMANI ROSTLASHNING UMUMIY PRINSIPLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182
4. ELEKTR YURITMANI ROSTLASHNING UMUMIY PRINSIPLARI. 
4.1. Rostlanadigan elektr yuritma – avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning 
asosiy ko‘rinishi. 
Rostlanadigan elektr yuritmalarni texnologik mashina va mexanizmlarda 
qo‘llash odatda quyidagi holatlardan biri bilan bog‘liq bo‘ladi: 
- texnologik jarayon yurishini tezkor boshqaruv zarurati (yuk ko‘tarish 
kranlari, ekskavatorlar, reversli prokat stanlari va boshqa mashina elektr 
yuritmalari); 
- aniq texnologik rejimni o‘rnatish va uni saqlash zarurati (uzluksiz jo‘valash 
stanlari, qog‘oz preslash mashinalari, tekstil sanoati pardozlash agregatlari va 
boshqa mashinalar elektr yuritmalari); 
- texnologik jarayonni taxrir qilish zarurati (dozatorlar va ta’minlagichlar 
elektr yuritmalari); 
- materialga ishlov berish rejimini avtomatik boshqarish (raqamli dasturli 
boshqarish dastgoxlari elektr yuritmasi); 
- texnologik jarayon elektr energiyasi sarfini optimallashtirish zarurati 
(nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar elektr yuritmalari). 
Keltirilgan holatlar ro‘yxati rostlanadigan elektr yuritmani qo‘llash 
zaruriyligi va maqsadga muvofiqligi shartlarini bildiradi va u bundan ham keng 
bo‘lishi mumkin. 
Ishchi mashina va mexanizmlarning rivojlanishi bilan hamda yuqori 
texnologiyalar kirib kelishi bilan rostlanadigan elektr yuritmalarga talab sezilarli 
darajada oshdi va avtomatlashtirilgan rostlanuvchi elektr yuritmalar barcha 
texnologik jabxalardagi ishchi mashina va agregatlar energetik va kibernetik 
(boshqaruv soxasi bo‘yicha) asosini tashkil qiladi. 
Avtomatlashtirilgan elektr yuritma ikki texnologik vazifani bajaradi: 
- berilgan texnologik jarayonni bajarish uchun elektr energiyani mexanik 
energiyaga aylantirish; 


113 
- quyidagi me’zonlarni inobatga olgan holda texnologik jarayonni 
boshqarish: maksimal samaradorlikni ta’minlash; ishlov berish aniqligi va sifatini 
ta’minlash; energiya sarfi tejamliligini ta’minlash. Boshqarishning aniq vazifalari 
juda ham keng bo‘lib, ular texnologik jarayon xarakteriga ko‘ra aniqlanadi. 
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning ikkinchi funksiyasi to‘liq elektr 
yuritmaning xarakatini xarakterlovchi kattaliklarni rostlash bilan bog‘liq (masalan, 
tezlik, moment, ishchi organ holati). Bu funksiyani faqatgina rostlanuvchi elektr 
yuritma orqali amalga oshirish mumkin. Bu maqsadda mexanik va gidravlik 
rostlash vositalaridan (variator, uzatish qutisi, gudromufta) foydalanish bugungi 
kunda texnik va iqtisodiy jixatdan o‘zini oqlamoqda. 
Rostlanuvchi elektr yuritma deganda tezlik yoki momentni berilgan 
diapazonda silliq (ravon) va aniq rostlashni ta’minlaydigan elektr yuritma 
tushuniladi. Biroq rostlanuvchi elektr yuritmaga talab bu bilan chegaralanmaydi. 
Rostlanuvchi elektr yuritmani boshqarish tizimi shuningdek, tezlik moment va 
yuritmaning boshqa parametrlari o‘zgarganda o‘tkinchi jarayon boshlang‘ich 
xarakterini ta’minlash ham kerak. 
Elektrmotorlar iste’mol tarmog‘iga oddiy sxema bilan ulanganda o‘zining 
elektrmexanik xususiyatlari bilan elektr yuritma xarakatining sifatli rostlanishini 
ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun elektr yuritmani rostlash maqsadida elektr 
motorga berilayotgan yoki undan olinayotgan elektr energiyasini o‘zgartirib 
turishga to‘g‘ri keladi. Elektr energiyani o‘zgartirish yarim o‘tkazgichli 
o‘zgartgichlar yordamida amalga oshiriladi. 
O‘zgartirilgan elektr energiya parametrlarini rostlash bilan (chastotasi, 
kuchlanish, impulslanish turi) rostlanuvchi yuritma uchun talab qilingan mexanik 
va dinamik xarakteristikalarni olishga erishiladi. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartgichlar 
parametrlarini boshqarish uchun avtomatik rostlashning ichki konturlari xizmat 
qiladi. Ular E.YU.K., qozg‘atish toki rostlanuvchisi va boshqalardir. Bu ma’noda 
rostlanuvchi elektr yuritma doimo avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Ya’ni yuritmaning 
xarakteristikalarini shakllantiruvchi avtomatik boshqaruv vositalariga ega bo‘ladi.


114 
Rostlashning tashqi konturlari elektr yuritmani xarakatini izoxlovchi 
o‘zgaruvchilarni aniqlaydi: tezlik va ishchi organ holatini. Odatda bu rostlash 
konturlari yopiq bo‘ladi. Ya’ni rostlanadigan parametrlar bilan teskari bog‘lanishga 
ega bo‘ladi. 4.1. - rasmda tezlikni rostlash yopiq konturli sxemasi keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin