O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 Bir fazali asinxron motorlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182
3.4. Bir fazali asinxron motorlar 
Maishiy maqsadlarda ishlatiladigan quvvati 5 kW gacha bo‘lgan ishchi 
mashinalar yuritmalari uchun odatda bir fazali asinxron motorlar ishlatiladi. 
Bunday motorlarni ishlatish zarurati elektr energiyasi ta’minoti sifatida bir fazali 
o‘zgaruvchan tok manbai bo‘lganda tug‘iladi. 
Bir fazali asinxron motorlar statori ikki chulg‘amdan iborat bo‘ladi: ishchi 
va yurg‘izuvchi. Motorlar rotori olmaxon katagi ko‘rinishidagi qisqa tutashtirilgan 
sterjenlardan bajariladi. Motorning ishchi chulg‘ami (3.32 a - rasm) bir fazali 
o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi (odatda faza nol). Bu chulg‘amdan o‘tayotgan 
bir fazali tok uch fazali motorlardagi singari emas balki aylanmaydigan, 
pulslanadigan magnit maydonini hosil qiladi. Pulslanadigan maydonni bir xil 


109 
tezlikli ω
0
= 2πf

/p
n
, ikki qarama – qarshi tomonga aylanuvchi, lekin bir xil 
amplitudali ikkita maydonga ajratish mumkin. 
Bu aylanayotgan maydonlarga 3.32 b - rasmdagi 1 va 2 mexanik 
xarakteristikalar mos keladi. Motorning natijaviy mexanik xarakteristikasi (3 - 
xarakteristika) bir xil tezlikli 1 va 2 – xarakteristikalari momentini qo‘shish yo‘li 
bilan hosil qilinadi. Xarakteristikaning asosiy xususiyati shundaki, yurgazish 
momenti nolga teng bo‘ladi (ω = 0 bo‘lganda), natijada tinch turgan motorni 
yurgazish imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun bir fazali asinxron motorlarni 
yurgazish uchun qo‘shimcha yurgazish chulg‘ami ishlatiladi. Bu chulg‘am stator 
ariqchalarida 90
0
ga siljitilgan holda joylashtiriladi. Odatda motor yurgazilgandan 
keyin yurgazish chulg‘ami o‘chiriladi. Yurgazish chulg‘ami kondensator (sig‘im) 
orqali ulanganda yaxshi yurgazish xarakteristikalariga erishiladi.
3.32 - rasm. Bir fazali asinxron motorning sxemasi (a) va

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin