103
3.28 - rasm.
Sinxron mashinalarning qo‘zgatish sxemalari
Keyingi yillarda sinxron mashina konstruktsiyasiga o‘rnatilgan (kiritilgan)
qo‘zg‘atuvchilar ishlatila boshlandi. (3.28 - rasm). Qo‘zg‘atuvchi G generatordan
tashkil topib uning rotori sinxron motorning valiga (M) joylashtirilgan.
Bundan
tashqari uning tarkibiga boshqarilmaydigan to‘g‘irlagich, VS yordamchi tiristor iva
104
R
2
R
3
razryad qarshiliklari ham kiradi. Bu elementlar
ham sinxron motor valiga
joylashtiriladi. Qo‘zg‘atish tokini boshqarish qo‘zg‘atgich G ning qo‘zg‘atish
tokini o‘zgartirish yoli bilan amalga oshiriladi. Sinxronosti tezligiga erishilgandan
so‘ng qo‘zg‘atish chulg‘amini shuntlovchi zanjirlar uziladi va chulg‘amga
o‘zgarmas tok beriladi. Undan keyin motor sinxronlashishga intiladi, uning tezligi
sinxron qiymatga erishadi va natijada motor sinxron rejimda ishlay boshlaydi.
3.3.3.
Sinxron motor qo‘zg‘atish tokini boshqarish.
Sinxron rejimda ishlayotgan motor qo‘zg‘atish
tokini rostlash odatda
qo‘zg‘atishni avtomatik rostlash tizimi (ART) orqali amalga oshiriladi. Qo‘zg‘atish
ART 2 ta asosiy funktsiyani bajaradi.
Birinchisi – sinxron rejimda turgun ishlashni ta’minlash.
Yuklama
ortirilganda yoki iste’mol kuchlanish qiymati pasayib ketganda qo‘zg‘atishni
A.R.T. qo‘zg‘atish
tokini kamaytiradi, buning natijasida
sinxron rejimdagi
motorning maksimal momenti oshadi. (3.27 - rasm).
Ikkinchisi – motor statori zanjirida aylanayotgan reaktiv quvvatni avtomatik
rostlashni amalga oshiradi.
Sinxron motorlarning asosiy afzalliklaridan biri stator zanjirida aylanadigan
reaktiv quvvat qiymatini rostlash imkoniyati borligidadir. Shuningdek, bu quvvatni
generatsiya qilish imkonining borligidadir.
Dostları ilə paylaş: