102
to‘g‘irlagichlar orqali o‘zgarmas tokka aylantirib beriladi. (3.28 c - rasm). Agar
generatordan o‘zgaruvchan tok olinsa (3.28 d - rasm) yarim o‘ktazgichli
to‘g‘irlagichlar sinxron mashinaning rotoriga joylashtiriladi,
natijada
qo‘zg‘atish chulg‘amiga alohida cho‘tkalar o‘rnatishning zarurati qolmaydi va
sinxron mashina kontaktsiz ko‘rinishga keladi.
Berilgan tezlikka erishish paytida, ya’ni
motor asinxron rejimda
ishlayotganda qo‘zg‘atuvchi kuchlanish o‘chirilgan holda rotor chulg‘amiga
ulanishi mumkin (yopiq ulangan qo‘zg‘atuvchi sxemasi), shuningdek,
qo‘zg‘atish chulg‘amida KM kontaktori orqali uzilgan bo‘lishi
ham mumkin
(3.23 va 3.28 - rasmlar sxemalariga qarang). Ohirgi holatda qo‘zg‘atish
chulg‘ami qarshilikka ulanadi yoki qisqa tutashtiriladi. Tezlik olish paytida
qo‘zg‘atish chulg‘ami uchlarini
ochiq qoldirish mumkin emas, bu holatda
chulg‘amda katta sirpanish hisobiga katta sirpanish E.Yu.K. to‘planishi
mumkin.
Qo‘zg‘atuvchi sifatida tiristorli o‘zgartirgich yoki
rotor bilan aylanadigan
to‘g‘irlagich ishlatilganda yurgazish paytida qo‘zg‘atish chulg‘ami shuntlovchi
tiristor yordamida qisqa tutashtiriladi.
3.28 – c - rasmdagi sxemani ko‘rib chiqamiz. Motorni asinxron rejimda
yurgazish paytida tiristorli o‘zgartirgichdagi (U
d
)
kuchlanish nolga teng
bo‘ladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amida sirpanish E.Yu.K. induksiyalanadi. Uning
ta’sirida VD stabilitron orqali yordamchi VS tiristori ochiladi va qo‘zg‘atish
chulg‘ami razryad qarshiliklarga (R) ulanadi.
Motor sinxronosti tezligiga
erishganda E.Yu.K. kamayadi, stabilitron yopiladi
va VS tiristori razryad
qarshiliklarini uzadi, undan so‘ng esa qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgartirgichdan
(U
d
) o‘zgarmas tok kuchlanishi uzatiladi. 3.28. - rasm
Dostları ilə paylaş: