O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm.Turli mantiqiy elementlarning shartli belgilari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182
9.2 - rasm.Turli mantiqiy elementlarning shartli belgilari 
Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari mantiqiy elementlar jamlamasiga 
vaqtni kechiktirish, xisoblagich, registr, deshifrator kabi elementlar ham kiradi. 
Shuningdek, chiqish signallari quvvatini kuchytirgichlar, kontaktli apparatlarni 
tugma, o‘chirgich, rele va datchik kabi elementlari bilan birga ishlashni 
muvofiqlashtiruvchi elementlar ham kiradi. Galvanik ajratgich elementlari sifatida 
RPG turidagi kichik o‘lchamli gerkonli rele ishlatiladi. Mantiqiy elementlar K 155 
va K 511 rusumli integral sxemalar tarkibidagi element sifatida ishlab chiqariladi. 
Turlarning bazaviy element sifatida odatda VA-EMAS elementlari 
qo‘laniladi. Tranzistor turidagi VA-EMAS elementi sxemasi 9.3 rasmda 


246 
ko‘rsatilgan. Tranzistorning uchta kirishidan xoxlaganiga 0 signali berilishi bilan 
VT 1 tranzistorini ochiladi. Bu esa VT 2 hamda VT 4 tranzistorlarning yopilishiga 
va VT 3 tranzistorning ochilishiga olib keladi.
Natijada chiqishda 1 signali paydo bo‘ladi. Barcha kirishda 1 signali 
bo‘lganda VT 1 tranzistor yopiq bo‘ladi, VT 2 va VT 4 tranzistorlarning 
ochilishiga va chiqishda 0 signalining paydo bo‘lishiga olib keladi. 
9.3 - rasm. VA-EMAS mantiqiy elementning sxemasi 
Mantiqiy elementlarning rivojlanishi ko‘p funksiyali dasturli tuzilmalar 
paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. Masalan, UPL rusumli dasturlanadigan matiqiy 
element. 
UPL ning ishlash prinsipi kirish signallarining ketma-ket surilishida ularni 
mantiqiy qayta ishlashda va chiqish kanalariga mos ravishdagi buyruqlarni 
berishida aks etadi. Kirish soni 256 ta gacha, chiqish soni 16 ta. Dasturlash doimiy 
xotira tuzilmasiga buyruq pultdan buyruqlarni kirgizish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. 
 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin