O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182
9.5 - rasm. SKAT sxemasi 
 


250 
Qo‘zg‘atish chulg‘amiga bir fazali o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi. 
Chulg‘amdagi tok magnit siklini xosil qiladi, bu oqim esa ikkilamchi chulg‘amda 
E.YU.K. ni vujudga keltiradi: Bu E.YU.K. QCH 1 chulg‘amida sinusga 
proporsional, QCH 2 chulg‘amida esa rator o‘qining statori o‘qiga nisbatan burilish 
burchagi kosinusiga proparsional bo‘ladi. Analog – raqamli o‘zgartirgichdan 
foydalanish o‘lchash chulg‘amlaridagi kuchlanishni raqamli kodga o‘zgartirish 
mumkun. 
Bunday prinsiplar asoslangan asboblar- induktosinlar, chiziqli siljishlarini 
o‘lchash uchun ishlatiladi. Burilish burchagini o‘lchash moslamasiga selsinlar ham 
kiradi. Ular statorda bitta qo‘zg‘atish chulg‘ami va rotorda uchta faza 
chulg‘amlariga ega. Rotor chulg‘amlaridan olingan kuchlanish selsinning burilish 
burchagiga proporsional bo‘ladi selsinlar shuningdek, kuzatuvchi elektr 
yuritmalarda beriluvchi burilish burchagi bilan bajaruvchi organning burilish 
burchagi farqlash uchun ham ishlatiladi.
Yuritmalarni avtomatlashtirish tizimlarida holatni belgilovchi datchiklar 
keng ko‘lamda ishlatiladi. Ular mashina ishchi organinning aniq holatini 
belgilaydi. Bular yo‘lakli va cheklovchi o‘chirgichlardir. Cheklovchi o‘chirgichlar 
ishchi organining cheklangan zona chegarasidan tashqariga chiqib ketishini 
cheklaydi. Masalan, yuk ko‘tarish mexanizmlaridagi yukni ko‘tarish balandligini 
cheklovchi chegara. Yo‘lakli va cheklovchi o‘chirgichlar shuningdek, turli 
blokirovkalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi, eshiklari ochilganda
ta’minotning to‘xtatilishi. 
Yo‘lkaviy va cheklovchi o‘chirgichlar kontakli va kontaksiz turlarida 
bo‘ladi. Kontaktli o‘chirgichlarda kontaktni ulash va uzish qaytargich prujinali
richagli yoki bosiluvchi yuritma vositasida amalga oshiriladi. 
Kontaktsiz yo‘lkaviy o‘chirgichlardan keng tarqalgani induksion 
o‘chirgichdir. Bunday o‘chirgichlarning ishlash prinsipi 9.6 - rasmda ko‘rsatilgan. 


251 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin