252
9.7 - rasm. Tok transformatorini tok datchigi sifatida ishlatish
O‘zgarmas tok datchiklari o‘lchanadigan tokka proporsanal bo‘lgan
kuchlanishini shakllantirish uchun hamda o‘lchanadigan tok o‘tadigan kuch
zanjirlarni galvanik ajratish uchun xizmat qiladi. O‘zgarmas tok datchiklari
strukturasi 9.8 - rasmda ko‘rsatilgan.
9.8 - rasm. O‘zgarmas tok datchigi tuzilish sxemasi
Datchik uchta qismdan iborat bo‘ladi. O‘lchash qurilmasi
O’Q
- bu maqsadda
odatda o‘lchov shuntiga ishlatiladi;
Potensial taqsimlagich
PT
; va chiquvchi
kuchaytirgich
CHK
. Shuntdan olinadigan o‘lchanadigan tokka proporsional
bo‘lgan
kuchlanish
M
modulyator yordamida o‘zgaruvchanga o‘zgartiriladi va
keyinchalik
DM
demodulator yordamida o‘zgarmas tok ko‘rinishga o‘zgartiriladi.
Modulyator va demodulyator orasida potensial ajratish qurulmasi o‘rnatilgan
(transformator yoki optron sxema). Modulyator- demodulyator
yuqori chastotali
tokli impulslar generatori yordamida ulanadi. Xuddi shu usul bilan o‘zgarmas tok
datchiklari ham quriladi.
253
Ba’zan tok datchiklari sifatida xoll datchiklari asosidagi qurulmalar ham
ishlatiladi. Bunda o‘lchanadigan tok bilan xosil qilinadigan magnit maydon
datchikka ta’sir qildiriladi.
Dostları ilə paylaş: