O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Elektr motorning mexanik tavsifi -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182
Elektr motorning mexanik tavsifi - 
elektr motor vali tezligining elektr motor 
hosil qiladigan elektromagnit momentiga bog‘liq o‘zgarish tavsifi elektr motorning 
mexanik tavsifi deyiladi. Mexanik tavsiflar tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi. 
Elektr motorning pasportida keltirilgan nominal ko‘rsatkichlari asosida qurilgan 
mexanik tavsifi uning tabiiy mexanik tavsifi deyiladi. 
Elektr motorning mexanik tavsifi kuchlanishi yoki boshqa ko‘rsatkichlari 
pasportida keltirilgan nominaldan farqli bo‘lgan hol uchun qurilgan bo‘lsa, u holda 
bu tavsif motorning sun’iy mexanik tavsifi deyiladi. 
 Mexanik tavsifning bikirligi qanday ko‘rsatkich? 
Elektr motorlarning mexanik tavsiflaridagi ma’lum moment kichik orttirma 
qiymatining tezligini kichik orttirma qiymatiga nisbati shu tavsiflarning bikirligini 
ifodalaydi. Bu nisbatning cheksiz qiymatda bo‘lishi tavsifning mutlaq bikirligini
ya’ni moment o‘zgarishining tezlikka ta’sir etmasligini bildiradi. Bu nisbatning 
nol qiymatda bo‘lishi tavsifning nol bikirligini, ya’ni moment qiymati 
o‘zgarmasligini, ammo tezlikning o‘zgarishini bildiradi. 
 Bir massali va ko‘p massali mexanik tizimlar - 
bir massali mexanik tizim-
larning o‘zaro mexanik bog‘langan elementlari orasidagi mavjud juda kichik 
tirqishlar va elementlarning elastiklik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yuzaga 
keladigan sirpanishlarni hisobga olmaslik bunday tizimlarni bir massali mexanik 
tizimlar deb qarashga olib keladi. Masalan, agar mexanik tizimni tashkil etuvchi
elementlar ichida biror elementning elastikligi hisobga olinib, ikkinchi element 
bilan o‘zaro mexanik bog‘lanishidagi juda kichik tirqish hisobga olinmasa, u holda 
bu tizim ikki massali mexanik tizim deyiladi, tirqish ham hisobga olinsa, u holda 
bu mexanik tizim uch massali mexanik tizim deb ataladi. 
 


355 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin